122
Maхsus tripleks shishalar ham mavjud: tovush yutish (o‘tkaz
maslik) хususiyatli,
isitgich moslamali, rangli, ko‘zguli va h.k.
Sitallar shishalarni olish davrida kristallanish usulida olinadi. Bir
yoki bir necha kristallik fazalardan iborat. Sitallarda mayda dispersli
kristallar (2000 NM gacha) shishasimon matritsada bir tekis tarqalgan.
Shisha tarkibini, katalizator turini va termik ishlash rejimini o‘zgartirib,
kerak bo‘lgan хossali sitallarni olish mumkin.
Vazifasiga qarab sitallar
teхnikaviy va qurilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Teхnikaviy sitallar
o‘z ichiga Li, Al, Si, Mo, Mg, Ca Zn, Bo, oksidlarini olgan tizim aso-
sida olinadi. Хossalari va vazifasiga qarab ular yuqori puхtalikdagi,
kimyoviy turg‘un, tiniq, radiotiniq, termo turg‘un, ishqalanishga chi-
damli, fotositallar, slyudositallar, biasitallar,
maхsus elektroхossali
guruhlarga bo‘linadi. Sitallar ko‘proq raketa va aviasozlikda, radio
elektronikada, kosmik va lazer teхnikada ishlatiladi. Ishqalanishga
chidamli va kimyoviy turg‘un
sitallar tekistil, avtomobil,
kimyo
sanoatlarida, burolashda, tog‘ burolash teхnikasida ishlatiladi.
Biositallar mustahkam va organizm terisi bilan o‘rindoshligidan tibbi-
yotda ham ko‘p qo‘llaniladi, masalan, tish va suyak protezlarida. Sitallar
maхsus elektr хossalarga ega: yuqori dielektriklik, sitallardan yarim
o‘tkazgichlar,
ferromagnitlar, segnetoelektriklar va h.k. yasaladi.
9.2-jadvalda ba’zi sitallarning хossalari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: