Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Yog‘och materiallar.Yog‘och konstruksion material sifatida 
sanoatning turli sohalarida (avtomobilsozlikda, mebel sanoatida, 
qishloq xo‘jalik mashinasozligida va boshqa joylarda) ishlatiladi. 
Yog‘ochning afzalligi quyidagilardan iborat: solishtirma mustahkam-
ligi yuqori, zarbiy va titrash nagruzkalariga qarshiligi yaxshi, issiqlik 
o‘tkazuvchanligi kam, chiziqli kengayish temperatura koeffitsiyent 
past (po‘latnikiga qaraganda 2–3­marta kam). Yog‘och kislota, tuz, 
moy ta’siriga chidamli. Yog‘och kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 
yog‘och gigroskopik bo‘lganligidan buyum shaklining stabilligi bu­


138
ziladi; yaxshi yonadi, mexanik xossalari anizotropik. Yog‘ochning 
mexanik xossalari uning namligi va tolalarining yo‘nalishiga bog‘liq. 
Yog‘och xossalarini solishtirish uchun 15% ga teng standart namlik 
belgilangan.
Eng ko‘p tarqalgan yog‘och turlari tolalari bo‘ylab statik egilganda 
quyidagicha mustahkamlik chegaralariga (MPa) ega bo‘ladi: zarang 
– 105, tilog‘och­98, qayin­96, qoraqayin­95, qarag‘ay ­76, archa ­72.
Tabiiy yog‘och tilingan binokorlik materiallari ko‘rinishida ish-
latiladi. Ko‘ndalang kesim o‘lchamlariga qarab yog‘och materiallar 
to‘sinlar (100x100 mm dan katta); brusoklar ko‘pi bilan (eni qalin-
ligidan ikki marta katta) taxtalar (eni qalinligidan kamida ikki marta 
katta) kabi xillarga bo‘linadi.
Nina bargli daraxtlardan tilingan yog‘och materiallar ko‘proq ish-
latiladi, chunki ularning mustahkamligi katta, kamroq, chiriydi. Nina 
bargli va yaproqli qattiq daraxt (dub, shumtol) dan olingan yog‘och 
materiallar kuch tushadigan detallarda ishlatiladi.
Faner – qatlamli yog‘och material bo‘lib, tilib olingan shponlarni 
yoqoch tolalarini bir­biriga ko‘ndalang joylashtirib, uch va undan or-
tiq qatlam qilib yopishtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shilingan shpon 
deb, yog‘och g‘o‘lani aylantirib, undan 0,3–3 mm qalinlikda yo‘nib 
olinadigan yupqa yog‘och listlarga aytiladi. Shponlarni yopishtirish 
uchun fenol­formaldegidli, karbamidli va boshqa yelimlardan foy-
dalaniladi. Yelim turi fanerning suvga chidamliligiga, mustahkamli-
giga ta’sir qiladi. Oq qayin shponidan fenol­formaldegidli yelim bilan 
yopishtirib tayyorlangan, bakelizatsiya qilingan faner nisbatan ancha 
mustahkam va suv ta’siriga chidamli bo‘ladi. 
Oq qayindan yasalgan fanerning tolalari bo‘ylab mustahkamligi 
65–80 MPa. Presslangan yog‘och suv bug‘larida oldindan 100–105°C 
temperaturagacha bug‘langan yoki issiq gazlar bilan qizdirilgan bru-
sok va taxtalarni metall qoliplarda presslash yo‘li bilan olinadi. Hosil 
bo‘lgan yog‘och shaklini qotirib qo‘yish uchun uni bosim ostida 100–
120°C temperaturagacha 5–8% namlik hosil bo‘lguncha qizdiriladi. 
Zarbiy nagruzkalar ostida ishlaydigan mashina detallarini (kulachok-
lar, vtulkalar, podshipniklar va hokazolar tayyorlashda presslangan 
yog‘och, rangli metallar, plastmassalar) o‘rnini bosa oladi.


139
Yog‘och payraxalaridan yasalgan plita yog‘och payraxalarini 
bog‘lovchi modda bilan birga issiqlayin presslash yo‘li bilan olinadi. 
Bir qatlamli, uch qatlamli va faner yoki qog‘oz bilan qoplangan plita-
lar ishlab chiqariladi. Bunday plitalar qurilishda, mebel ishlab chiqa-
rishda qo‘llaniladi.Yog‘och tolali plitalar maydalangan yog‘ochga 
bog‘lovchi moddalar qo‘shib tayyorlanadi. Temperatura va bosim 
ostida yog‘och tolalari bir­biriga presslanadi va hamma yo‘nalishlari 
bo‘yicha mustahkamligi bir xil bo‘lgan materialga aylanadi. Yog‘och 
tolali plitalar qurilishda, avtobus hamda vagon ichlarini bezashda va 
hokazolarda ishlatiladi.
Yog‘och materiallar qimmatli xususiyatlarga ega: solishtirma 
mustahkamligi yuqori, dekorativ, zichligi kam, ishlov berish oson, 
issiqlik­ va elektr o‘tkazuvchanligi kam. Shu xususiyatlari sabab­
li yog‘och materiallar sanoatning ko‘p tarmoqlarida ishlatiladi. 
Yog‘ochning konstruksion material sifatida afzalligi shuki, u tabiiy 
ravishda ko‘payadi, tabiatdagi miqdori sanoatda qo‘llanish hajmi bi-
lan tenglashtirib bo‘lmaydigan darajada ko‘p.
Yog‘och materiallarning kamchiliklari ham ko‘p. Bulardan aso­
siysi mexanik xususiyatlarning bir xil emasligi (anizotropiya), yonuv­
chanlik, chirish, zamburug‘ bosishga moyillik. Shu kamchiliklar tu-
fayli modifikatsiyalanmagan yog‘och materiallardan mashinasozlik-
dagi mas’uliyatli konstruksiyalarni, yuklama ko‘taradigan detallarni 
tayyorlab bo‘lmaydi.
Yog‘och materialni modifikatsiyalashning fizik va kimyoviy usul-
lari mavjud. Yog‘och kapillar­g‘ovak tuzilishga ega bo‘lgani uchun 
uni to‘ldirish imkoniyatlari beqiyos. Bu komponentlar sintetik smo-
lalarning, yengil eriydigan metallar va qotishmalarning, tuzlar va 
monomerlarning eritmalari va suyuqlanmalari ko‘rinishida kiritiladi. 
Modifikatsiyalash natijasida yog‘och material umuman yog‘ochlarga 
xos bo‘lmagan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bular – yuqori mus-
tahkamlik, yeyilishga chidamlilik, namga bardoshlilik, yonmaslik.
Yog‘och asosida tayyorlangan konstruksion materiallar mashi-
nasozlikda qo‘llanadi. Bular yog‘och­plastiklar, yog‘och­qatlamli 
plastiklar, armaturalangan yog‘och plastiklar. Ularni olish uchun 
yog‘ochga turli modifikatorlar beriladi, maxsus texnologiyalardan


140
bog‘lovchi moddalardan foydalaniladi. Yog‘och kompozit material-
lar nomenklaturasi muttasil kengayib bormoqda.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling