Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog‘ochlarda uchraydigan nuqsonlar
- 9.4. Lok -bo‘yoq va yelim materiallar Lok va bo‘yoq materiallar.
Yelimlangan fanerlar yo‘nilgan shponlarni birbiriga yelimlash
yo‘li bilan tayyorlanadi.Bunday faner 3–15 tagacha bo‘lgan to sonda- gi shpon varaqlaridan tayyorlanadi. Fanerlar kazeinli, albuminli ye- limlar bilan va sintetik smolalar bilan yelimlanadi. Yelimlangan fanerlar taxta materiallarga qaraganda qator afzal- liklarga ega: 1. Hamma yo‘nalishlarda puxtaligi bir xil. 2. Taxta materialga nisbatan kam tob tashlaydi. Ro‘y bergan tob tashlash yelimlash yo‘li bilan oson bartaraf etiladi. 144 3. Kam yoriladi. Yoriqlarning bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tishi mutlaqo ro‘y bermaydi. 4. Faner taxtalarning o‘lchami katta bo‘lganligi uchun taxta ma- teriallarni yig‘ib birlashtirishga hojat qolmaydi, ishlar qisqaradi, osonlashadi. 5. Oson egiladi (xususan, buklangandan so‘ng). 6. Teshish uchun qulay va h.k. Yog‘ochlarda uchraydigan nuqsonlar.Tegishli sanoat kor- xonalarida hosil qilinadigan yoki tayyorlanadigan yog‘och mate riallar hamma vaqt ham yuqori sifatli bo‘lavermaydi.Yog‘och mate riallarning navi, sifati, texnik xossalarini pasaytiruvchi, ishlatilish sohalarini cheklovchi, xizmat muddatini qisqartiruvchi, ishga yaroq- siz holga keltiruvchi tabiiy holda mavjud bo‘lgan yoki keyinchalik yuzaga kelgan bu xil kamchiliklar yog‘ochlarning nuqsonlari deyi ladi.Yog‘ochlarda uchraydigan nuqsonlarning aksariyati asosan o‘sish davrida yuzaga keladi, ba’zan esa material tayyorlash, tashish, saqlash, undan foydalanish vaqtida ham paydo bo‘ladi. Yog‘och ma- teriallarda tabiiy mavjud bo‘lgan va keyinchalik paydo bo‘ladigan nuqsonlar – ko‘zlar, yog‘och rangining buzilishi, chirish, turli yoriq- lar, hasharotlar bilan shikastlanish shular jumlasidandir. 9.4. Lok -bo‘yoq va yelim materiallar Lok va bo‘yoq materiallar. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan lok va bo‘yoq materiallar asosan suyuq, xamir (pasta) va kukun ko‘rinishlarida bo‘ li shi mumkin. Har qanday lok yoki bo‘yoq materiallar bilan turli sirtlarni qopla- ganda yupqa parda yoki qatlam hosil bo‘ladi. Hosil bo‘ladigan bun- day qatlam tegishli buyum (detal) materialini korroziyadan (metall va qotishmalarga xos), egilish (bukilish) va namlanishdan (yog‘och va plastmassalarga xos) saqlaydi yoki ularga tashqi chiroy, estetik ko‘rkamlik baxsh etadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda detallarni (buyumlarni) lok–bo‘yoq materiallar bilan qoplash yoki muhofaza qilish sanoat miqyosida keng qo‘llanilmoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tmoq lozimki, 145 lokbo‘yoq materiallar bilan qoplangan detallar (buyumlar) ning ko‘rinishini va xususiyatlarini (uzoq vaqt) yo‘qotmasligi ko‘pgina omillarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, lok-bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash, tegishli qoidaga rioya qilingan holda qoplash, ularni yopishqoqlik (adgeziya) kuchining qiymatini, lokbo‘yoq materiallar bilan qopla nadigan detal (buyum) materiallarining termik kengayish koeffitsiyen- tini, buyumdan foydalanish sharoitini (muhit, harorat va b.) hisobga olgan holda ishlatish orqali xizmat muddatini uzaytirish mumkin. Lok va bo‘yoqlar tarkibiga ko‘ra, loklar, emallar, gruntovkalar va shpatlyovkalarga bo‘linadi. Loklar organik eritmalarga (spirt, efir, skipidarga), asosan, smola va smolaga o‘xshash mahsulotlarni qo‘shish orqali tayyorlanadigan parda hosil qiluvchi materiallar. Loklar turli buyumlar (detallar) ga qoplash orqali ularni turli ta’sirlardan muofaza qilish va ko‘rinishini ko‘rkam qilish, turli materiallarni elektr o‘tkazmaydigan qilish ham- da emal bo‘yoqlar tayyorlash uchun xalq xo‘jaligining turli sanoat tarmoqlarida keng ishlatiladi. Loklarning asosan tabiiy (moyli) va sun’iy (xlorvinilli, bakelitli va b.) turlari bo‘ladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling