Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Suyak yelimi yog‘sizlantirilgan hayvonot suyaklari va shoxlarini 
pishirib tayyorlanadi. Yelimlash xususiyatlariga ko‘ra go‘shtparda 
yelimi suyak yelimidan ustun turadi.
Go‘shtparda va suyak yelimlari qattiq plita shaklida tayyorlanadi. 
Plitalar tiniq, sarg‘ish yoki qoramtir rangda bo‘ladi. Toza, sifatli ye-
limlarning sinig‘i shisha kabi yaltiraydi.


149
Quruq yelimlar tolon, mayda bo‘laklar va boshqa ko‘rinishlarda 
ham tayyorlanadi.
Yelimlash sovuq (­12...­30 °C) da, issiq (+40...+70 °C) da va qay­
noq (80 °C va undan yuqori) holda olib borilishi mumkin.
Buyum yoki detallarni biriktirishda, fanerlarni o‘rtacha normal 
quyuqlikdagi yelim eritmasidan foydalaniladi. Suyuq yelim eritmasi, 
asosan, gruntovkalash maqsadida ishlatiladi.
Yelimlarning puxtaligini aniqlash uchun yelimlangan chok (birik-
ma) tajriba yo‘li bilan tekshiriladi. Buning uchun namligi 7–12 % 
bo‘lgan shumtol yoki eman yog‘ochidan namunalar (25x50x50 va 
25x50 mm o‘lchamli) olinib, tolalar yo‘nalishida bir­biriga parallel 
qilib yelimlanadi, so‘ngra namuna birikmaning yelimlangan choki 
iskana yordamida yorib ko‘riladi. Agar bunda birikma yelimlangan 
joyidan ajralmasdan yog‘och yorilsa yoki ko‘chib chiqsa, yelimning 
yopishtirish xususiyati yaxshi, yelimli chok puxta deb hisoblanadi. 
Tajriba sharoitida esa, yelimlangan chokning puxtaligini press yor-
damida so‘ruvchi kuchning qiymatini oshira borish yo‘li bilan tek-
shiriladi va h.k. 
Duradgorlik yelimlari nam ta’sirida puxtaligini yo‘qotadi (nam-
ga chidamsiz bo‘ladi). Shuning uchun nam sharoitda ishlaydigan 
buyumlar namga chidamli maxsus yelimlar bilan yelimlanadi.
Albuminli yelim hayvon qoniga ohak aralashtirish yo‘li bilan 
olinadi. Albuminli yelim bilan yelimlanadigan birikma issiq holat-
da presslab yopishtiriladi. Yelimlangan joyda qoramtir chok hosil 
bo‘ladi. Albuminli yelimlar faqat yelimlangan fanerlar uchun ishla-
tiladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling