Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruntovkalar
- Shpatlyovkalar.
Emal bo‘yoqlar asosan turli pigmentlarni loklarga qo‘shish orqali
hosil qilinadi Emallar, emal bo‘yoqlar, nitroemallar (nitrosellulozali bo‘yoqlar), smolali, moyli va boshqa turdagi bo‘yoqlarga bo‘linadi. Bularning ichida nitroemal juda tez quriydi. Shuning uchun nitro emallar va introloklarning 507, 508, 907, 230markalaridan yuk av- tomobillarining, kabinalari, kapotlarini bo‘yash uchun ishlatiladi, 660markali qora rangdagisidan esa ramalar va transmissiyalarni bo‘yashda foydalaniladi. Nitroemal yengil mashinalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Lekin tarkibi asosan sintetik smolalardan iborat bo‘lgan loklardan hosil qili- nadigan tegishli detal yoki buyumning qoplovchi pardasi kimyoviy va termik chidamliligi jihatidan ancha yuqori bo‘ladi. Gruntovkalar loklarga 50...70 % turli pigmentlar (xrom kislo- taning tuzi, qo‘rg‘oshinli surik va b.) qo‘shib tayyorlanadi. Ular turli metallarni korroziyadan, yog‘ochlarni chirishdan muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan. 146 Gruntovkalarning, asosan yelimli, moyli va nitrosellulozali turlari bo‘ladi. Buyum (detal)ni shpatlyovkalashdan oldin gruntovkalanadi. Shpatlyovkalar. Juda maydalangan mineral kukunlar (bo‘r, gips, ohak) ni turli moy, yelim, lok va boshqa bog‘lovchi moddalar bilan aralashtirib, ko‘rinishidagi quyuq modda–shpatlyovkalar hosil qili- nadi. Shpatlyovka detal (buyum) sirtidagi turli yoriqlarni, teshik–ko- vaklarni, tirqishlarni to‘ldirib, sirtning tekis bo‘lishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi. Shunga ko‘ra, shpatlyovka quyuq va suyuq ho- latda tayyorlanadi. Shpatlyovka bir yoki bir necha bor maxsus kurak- cha–shpatel bilan surtiladi. Shpatlyovkani bevosita ishlatish oldidan tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Shpatlyovkalar tarkibidagi qo‘shiluvchi moddalarning miqdoriga (dozasiga) qarab har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, yelimli shpat lyovkaning tarkibida 3 % duradgorlik yelimi, 65 % bo‘r va pigment, 30 % suv bo‘ladi. U tez qotadi. Uning yumshoq va yopishqoq bo‘lishini ta’minlash uchun tarkibiga 2 % alifmoy qo‘shiladi. Moyli shpatlyovkaning tarkibida 70 % bo‘r va pigment, 30 % lok bo‘lib, yelimli shpatlyovkaga qaraganda mustahkam bo‘ladi, lekin sekin quriydi. Agar yuzalarni juda uzoq muddatga muhofaza qilish talab qilinsa, u holda, yuzalarni ko‘p qatlamli qoplamalar bilan, ya’ni gruntovka, shpatlyovka, emal, lok qatlamlari bilan qoplash maqsadga muvofiq- dir. Lekin yuzalardagi shpatlyovka qatlamining umumiy qalinligi 2 mm dan oshmasligi kerak. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling