Materialshunoslik indd
Polivinilatsetatli yelimlar
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezinali yelimlar
Polivinilatsetatli yelimlar turli charm, qog‘oz, yog‘och, mato,
shisha va metallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, abraziv sanoati tarmoqlarida juda keng ishlatiladi. Polivinilatsetatli yelimlar polimerlar eritmasi (yelimi); tarkibida uchuvchi (bulg‘anuvchi) mod- dalar bo‘lmagan yelimlar; emulsion tarkibli yelimlar kabi guruhlarga bo‘linadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘quv ustaxonalarida, turmush- da, ko‘pincha suvemulsion yelimlar keng ishlatiladi, chunki bunday yelimlarning tannarxi arzon, zararsiz, yonmaydi, yelimli choklar bi linmaydi (ko‘rinmaydi). 151 Rezinali yelimlar, asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali ara lashmalarni qo‘shib eritish orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar vul- kanizatsiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma bilan aralash masi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140–150 °C harorat ta’sirida) va o‘zi vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi guruhlarga kiruvchi yelimlarga, aso- san, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil qilingan birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikma- larga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88Н markali rezinali yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular, asosan, rezinali aralashma- larni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatsetat va benzinda eri- tish orqali hosil qilinadi. Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, shishalar va boshqalar bilan birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi. Bundan tashqari, texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va nometall konstruksion materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik kauchukdan iborat bo‘lgan yelimlar (БФ–2, БФ–4, ВC–10T ВK–32–200, ВK–3, ВK–4, K–153) va epoksidli yelimlar (Пр va ПВK–1, ВK–7, ПУ–2, ВK–5) ham keng ishlatiladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling