Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Polimerlarning olinishi. Polimerlar ikki xil usul bilan: polimer-
lash va polikondensatlash usullari bilan olinadi.
Polimerlash usulida bir xil monomerning, masalan, etilenning juda 
ko‘pmolekulalari birin­ketin birikib, o‘sha tarkibli, ammo tamomila 
boshqa xossali yangi modda (polietilen) hosil qildi.


153
Polimerlash yo‘li bilan polistirol, polivinilxlorid, poliakrilat (or-
ganik shisha) va boshqa polimerlar olinadi.
Ikkita har xil monomerni birgalikda polimerlash yo‘li bilan ham 
yangi polimer olish mumkin. Bu holda olingan yuqori molekular 
moddalar sopolimerlar deb ataladi. Sopolimerda ikkala monomer­
ning xossalari mujassamlangan bo‘ladi.
Polikondensatlash usulida ikki yoki undan ortiq xil monomer 
o‘zaro kimyoviy ta’sir ettiriladi. Bunda polimer bilan bir qatorda 
qo‘shimcha mahsulot (suv, ammiak yoki boshqa modda) ham hosil 
bo‘ladi. Masalan, fenol bilan formaldegid qizdirilgan holda va katali-
zator ishtirokida o‘zaro ta’sir ettirilsa, polimer­penoplast va suv hosil 
bo‘ladi.
Makromolekulalarining tuzilishiga qarab polimerlar quyidagi xil-
lariga bo‘linadi:a) chiziql; b) tarmoqlangan; d) tikilgan; e) setkasimon 
(9.8-rasm).
9.8-rasm.Polimer makromolekulalarining tuzilishining 
sxematik ko‘rinishi
11
:
a) chiziqli; b) tarmoqlangan; d) tikilgan; e) setkasimon
11
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 
7th ed.p.cm/ ­ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.­ 
2014. 558­bet
a)
b)
d)
e)


154
Chiziqli makromolekulalarning uzunligi ko‘ndalang kesim yuza-
siga nisbatan bir necha ming marta katta. Qizdirilganda yumshaydi, 
sovitilsa qotadi. Qayta qizdirish natijasida qayta yumshaydi. Masalan, 
poliamid, polietilen.
Tikilgan formalar (pog‘onali, setkasimon, fazoviy) ancha mustah-
kam, erituvchilariga uncha erimaydigan, yumshamaydigan polimer-
larga mansub.
To‘rsimon uch o‘lchamli formali makromolekulali polimerlar 
mo‘rtligi va tashqi kuchlarga yuqori turg‘unligi (yumshamaydi, ish-
maydi) bilan xarakterli.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling