Materialshunoslik nimani o’rganadi
Download 234.96 Kb. Pdf ko'rish
|
M. va M. K. T mustaqil ish
Materiallar asosiy turlari Tabiatda hozir ma’lum bolgan 112 clementning taxminan 3/4 qismi metallardir. Mctalllar metall yaltiroqligiga ega bcflgan plastik moddalardir. Ular o‘zidan issiqlikni va elcktr toqini yaxshi o4kazadi. Metall atomlarining sirtqi qavatidagi elektronlar soni. odatda, 1-2 ta bo‘lib, ular bu elektronlarini ma’lum sharoitda boshqa elementlarga osongina beradida musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi (bunday xossalar metallmas elementlarda boMmaydi). Xatto juda kichik potensiallar ayirmasi hosil qilindi deguncha metal laming atomlaridagi elektronlari tartibli harakatga kelib, musbat qutb tomon boradi, natijada elektr toqi paydo bcrladi. Metallarning elektr toqini yaxshi o‘tkazishiga sabab ham ana shu. 14 Temperatura pasaygan sari elektr о ‘tkazuvchanligi ortadigan, elektr о 'tkazuvchanlikka ega bo ‘Igan, bolgalanuvchan, issiq о ‘tkazuvchan va у alt iroq moddalar metallar deb ataladi. Metallar D. I. Mendeleev elementlar davriy jadvalining asosan chap qismida joylashgan. Shuni aytish kerakki, metallar bilan metallmaslar orasiga keskin chegara qo‘yib boMmaydi, chunki ba’zi metallarda, masalan, kumushda gaz holatida metallik xossalari bo‘lmaydi, ba’zi metallmaslarda esa, masalan, fosforda yuqori bosim ostida metallik xossalari paydo boMadi. Demak, elementlami metallar va metallmaslar deb ajratish shartlidir. Barcha metallar ikki gruppaga, ya’ni qora metallar gruppasi bilan rangli metallar gruppasiga boMinadi. Qora metallar gruppasiga, asosan, temir kiradi (temiming qotishmalari -c h o ‘yan va poMat ham qora metallar gruppasiga kiritiladi), qolgan barcha metallar rangli metallar gruppasini tashkil etadi. Rangli metallar, o4z navbatida, quyidagi gruppalarga bo‘linadi: A) og‘ir metallar gruppasi; bu gruppaga mis, nikeP, qo‘rg‘oshin, qalay, kadmiy, kobalt, mish’yak, surma, vismut, simob va boshqalar kiradi; B) yengil metallar gruppasi; bu gruppaga Aluminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy kiradi; V) asl, boshqacha aytganda, qimmatbaho metallar gruppasiga: oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy metal lari kiradi; G) nodir metallar gruppasi; bu gruppaga suyuqlanishi qiyin metallardan vol’fram, molibden, tantal, niobiy va sirkoniy, tarkoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy va boshqalar), siyrak-er metallar (lantan va lantanoidlar) radiaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran va boshqa transuran metallar) kiradi. Rangli og'ir va yengil metallar bir-biridan, asosan, zichligi jihatidan farq qiladi. Rangli og‘ir metallarning zichligi 5 dan 13, 6 g/sm3 gacha, rangli yengil metallarning zichligi esa 0, 53 dan 5 g/sm3 gacha bo‘ladi. Asl metallar kimyoviy aktivligi juda past metallar bo'lib, kislorod bilan bevosita birikmaydi, demak, ular korroziya bardosh metal lardir. Metallarning ichki tuzilishini rentgent nurlari ostida sinchiklab o'rganish shuni ko‘rsatadiki, ulaming atomlari ma’lum tartibda 15 joylashgan bo‘lib. fazoda ma’lum qonuniyat bilan takrorlanadi. Shuning uchun ham metallaming ichki tuzilishini (strukturasini) o‘rganishda metallar atomlarining joylashuvi kristall yoki fazoviy panjara deb ataluvchi panjarada ko‘rsatiladi. Ishlatilishi jihatdan tarixi atigi ikki asrga teng bo‘lgan aluminiy egallaydi. Aluminiyning kichik zichligi, yuqori qattiqlikka ega bo'lgandagi egiluvchanligi, korroziyaga bardoshligi kabi xususiyatlari yangi texnika yaratuvchilarni - konstruktorlarni diqqatini jalb qilmoqda. Elektr va isiqlik o‘tkazuvchanligi bo‘yicha u faqatgina misdan keyin turadi. Boshqa metallar (Si, Mg, Be, Ti, Cu, Ni) bilan legirlanishi va termik ishlov berilganda qattiqligi va mustahkamligi jihatdan aluminiydan ancha ustun bo‘lgan turli qotishmalar olish mumkin. Bunday xususiyatlari uchun aluminiy aviasiya va raketasozlik sanoatidagi asosiy metall hisoblanadi. Aluminiyning raketalardagi ulushi teng yarimni, fuqaro aviasiyasida esa 2/3 yoki 3/4 qismni tashkil etadi. Boshqa transport vositalarida ham aluminiy ulushi uzluksiz ortib bormoqda. Aluminiyning eng yirik iste’molchisi uzatkich, kabel, transformator okramlari, kondensatorlar ishlab chiqaradigan elektrotexnika sanoati hisoblanadi. Aluminiyning korroziyaga chidamligi uning yuzasida yupqa oksid qavat hosil bo4lishi va bu metallni keyingi havo bilan oksidlanishidan saqlashi bilan izohlanadi. Aluminiy po'latdan kislorodni tortib oiuvchi qaytaruvchi va ko‘pgina metall va qotishmalar olish uchun ishlatiladigan alyumotermik usulda faol kimyoviy element sifatida metallurgiyada ishlatiladi. Uchinchi o‘rinda ishlab chiqarilishi va ishlatilishi jihatdan mis turadi. Mis - yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan elektrotexnikadagi asosiy metall hisoblanadi. Yaxshi bolg‘alanuvchan va yuqori o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega boUgani uchun o‘tkazgich, kabel, kontakt kabi tok o‘tkazuvchan mahsulotlar ishlab chiqarishda mis eng ma’qul metall hisoblanadi. Misning o‘ta yuqori issiqlik o4tkazuvchanligi uni isitgich, sovutgich va boshqa ko‘plab issiqlik o4tkazuvchi qurilmalar ishlab chiqarishda almashtirib bo'lmaydigan qilib qo‘ydi. Misning rux bilan (latun) va qalay bilan (bronza) qotishmalari keng tarqaldi. Misning nikel bilan qotishmasi tanga (pul belgisi) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Metallar nisbatan og4ir, yarqiroq bo4lib, shaffoflik xususiyati yo4q. Metallar mustahkam, lekin ulaming shaklini bolg4alab ishlov berish yoki, chig4irlash orqali o4zgartirish, shuningdek, eritish va payvandlash mumkin. Download 234.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling