Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi Bolg’alash sexi


Gidravlik bolg‘alash presslari


Download 189.2 Kb.
bet3/10
Sana23.10.2023
Hajmi189.2 Kb.
#1717632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi Bolg’alash sexi

Gidravlik bolg‘alash presslari.Bunday presslardan birining tuzilish sxemasi 66-rasmda ko‘rsatilgan.
U to‘rtta po‘lat kolonna (2) yordamida yuqorigi plita (arxitrava) bilan bog‘langan, pastki plita (1) dan iborat (arxitrava rasmda ko‘rsatilmagan). Pastki qisuvchi muhra (3) pastki plitaga, yuqorigisi muhra (4) esa harakatlanuvchi traversa (5) ga mahkamlangan, bu traversalarning harakatini kolonnalar (2) yo‘naltiradi. Traversa arxitrovkaga mahkamlangan silindr (7) ga kiradigan plunjer (6) ta’sir etadi. Traversani dastlabki vaziyatga qaytarish uchun qaytaruvchi silindrlar (8) dan foydalaniladi; bu silindrlarga bug‘ qozondan yoki havo kompressordan keladi. Bunda ish suyuqligini (suvni) silindr (7) dan plunjerli truba (9) va ochiq klapan (10) orqali rezervuar (75) ga haydaydi, natijada bu yerdagi bosim 2–4 at ga yetadi. Pressning ish sikli oldidan silindrlar (8) ning porshenlari ostidagi bug‘ chiqariladi va yuqori bosimli trubo (9) kichik silindr (11) hamda ish silindri (7) suv bilan to‘ldiriladi. Suv esa havo klapani orqali ish silindri (7) kichik silindr (11) ga va yuqori bosimli gidravlik rezervuar (15) dan to‘ldirish klapani (10) orqali yuboriladi. Shundan so‘ng klapan (10) berkitilib, multiplikatorga bug‘ (yoki siqilgan havo) 7–10 at bosim ostida kiritiladi, multiplikator shtok (12) ga o‘tkazilgan porshen (14) li katta bug‘ silindri (13) dan iborat shtok (12) ning yuqorigi uchi kichik gidravlik silindr (11) ning plunjeri vazifasini bajaradi. Multiplikatorning ishi suyuqligida hosil bo‘ladigan bosim 350–600 at ga yetadi. Press richaglar tizimi orqali dasta (16) bilan boshqariladi.
Presslarda bolg‘alash operatsiyalarni bajarish uchun k prik kranlar va manipulyatorlardan foydalaniladi. Manipulyator aravagacha o‘rnatilgan, mashinaning xartumiga mahkamlangan mexanikaviy qisqichi bo‘lib, pokovkani qamrab olish uchun xizmat qiladi. Mashinaning xartumi istalgan yo‘nalishda turlicha harakatlanishi mumkin. Manipulyatorlar («temir qo‘llar») 2 dan 20 m gacha yuk ko‘tara oladigan qilib yasaladi.
Zagotovkalarni tanlash, bolg‘alashga tayyorlash, qizdirish, bevosita bolg‘a yoki press ostida ishlash natijasida uni kutilgan shaklli va o‘lchamga o‘tkazish va pokovka sifatini tekshirish ishlari texnologik jarayonga kiradi. Pokovka ishlab chiqaruvchi zavodlarda pokovkalar olishning texnologik kartalari tuzilib, unda pokovka chizmasi bolg‘alash operatsiyalari va bajarish ketma-ketliklari qayd etiladi.
Shuni qayd etish zarurki, zagotovka tanlashda ishlov operatsiyasiga ko‘ra, masalan, cho‘ktirish usuli bilan pokovka tayyorlashda zagotovka egilib ketmasligi uchun doiraviy kesimli zagotovkaning bo‘yi diametridan, ko‘pi bilan 2,5 marta ortiq bo‘lishi kerak. Agar pokovka cho‘zish usuli bilan tayyorlanadigan bo‘lsa, zagotovkaning ko‘ndalang kesimi pokovkaning eng katta ko‘ndalang kesimidan bolg‘alanish darajasiga teng holda katta bo‘lishi kerak. Prokat zagotovkalari uchun bolg‘alanish darajasi 1,1–1,5 bo‘ladi. Bu holda bolg‘alanish darajasi metallning mexanikaviy xossalarini oshirish va uning makrostrukturasini yaxshilash maqsadidagina emas, balki asosan, bolg‘alash jarayonda zarur ko‘ndalang kesimli pokovka hosil qilish uchun hisobga olinadi. Bolg‘alanish darajasi detalning tolalari yo‘nalishi bilan detal ishlashida unga ta’sir etuvchi kuchlanishlar yo‘nalishlari tomon keladigan holga olib borilsa, ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Yirik pokovkalar uchun mo‘ljallangan quymalarni bolg‘alash billetirovka operatsiyasidan boshlanadi. Bu operatsiyada qobiq osti nuqsonlar ochilib, darz, yuluq va boshqa sirtqi nuqsonlarga aylanishining oldini olish maqsadida zagotovkaning qirra va yoqlarini kuchsizroq siqiladi. So‘ngra katta kuch bilan bolg‘alanishi mumkin.
Pokovkalardan tayyorlashga mo‘ljallangan detallarni loyihalashda bolg‘alash texnologiyasi xususiyatlarini nazarda tutish va bu detallarning oddiy, simmetrik, to‘g‘ri tekisliklar bilan chegaralangan aniq shaklli bo‘lishiga harakat qilish kerak. 67rasmda bolg‘alanishi to‘g‘ri maqbul bo‘lgan (a) va noto‘g‘ri maqbul bo‘lmagan (b) shakllar ko‘rsatilgan.

6-rasm. Pokovkalar shakllarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanishiga misollar: a – to‘g‘ri; b – noto‘g‘ri.
Pokovkalar, bolg‘alash yo‘li bilan noto‘g‘ri olingan b lsa, mexanikaviy ishlashga bu esa detallarni qimmatlashtirib yuboradi. Xuddi shu sabablarga ko‘ra, bobishkalar, bikrlik qovurg‘alari, ichki yuzalarda chiqiqlar bo‘lmasligiga ham harakat qilish lozim.


Download 189.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling