Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi Bolg’alash sexi


Download 189.2 Kb.
bet1/10
Sana23.10.2023
Hajmi189.2 Kb.
#1717632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi Bolg’alash sexi


TOShKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Materialshunoslik va mashinasozlik”


kafedrasi



1. Bolg’alash sexi
2. Payvandlash sexi
3. Mexanik sexi
4. Chilangarlik sexi


Bajardi: 1-kurs EE-3 gurux talabasi Tursunboyev J.I.

Tekshirdi: Ziyamuhamedova U.A.

TOShKENT - 2021
Reja:
1.Bo’lg’alash sexi
2.Payvandlash sexi
3.Mexanik sexi
4.Chilangarlik sexi

METALLARNI BOLG‘ALASH

1. Umumiy ma’lumot


Qizdirilgan metallni bolg‘a babasining boyogi zarbi (yoki press bosimi) ta’sirida deformatsiyalash jarayoni erkin bolg‘alash deb ataladi.Bolg‘alash natijasida zarur shaklli pokovka olinibgina qolmay, uning strukturasi, binobarin, xossasi ham yaxshilanadi. Shuning uchun og‘ir sharoitda ishlovchi mashina detallar zagotovkalari (tishli g‘ildiraklar, turbina rotorlari, disklari, vallari, shatunlar) erkin bolg‘alash yo‘li bilan olinadi.
Odatda, zagotovka sifatida og‘irligi 1 t gacha bo‘lgan pokovkalar uchun sort prokat mahsulotlaridan, og‘irligi 2-3 t li pokovkalar uchun prokatlaridan va og‘irligi 200 t va undan ortiq bo‘lgan yirik pokovkalar olishda quymalardan foydalaniladi. Pokovkalar kamdan-kam dastaki, ko‘proq mashinalarda bolg‘alash yo‘li bilan olinadi. Dastaki bolg‘alash usulining ish unumi haddan tashqari pastligi sababli undan, asosan, ta’mirlash ishlarida, mayda pokovkalar olishdagina foydalaniladi. Mashinada bolg‘alash usuli pokovkalarni ko‘plab ishlab chiqarishda va katta pokovkalar olishda keng qo‘llaniladi.

2.Erkin bolg‘alashdagi asosiy operatsiyalar


Bolg‘alash yo‘li bilan olinadigan pokovkalarni olish texnologik jarayon ma’lum ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi.
Shuni ham qayd etish kerakki, birgina bolg‘alash operatsiyalaridan tashqari pokovkani tayyorlash texnologik kartalarda qayd etiladi, unda zagotovkani bolg‘alashga tayyorlash operatsiyalari (qirqish, o‘lcham va sifatlarini kuzatish, qizdirish va boshqalar) ham kiradi.


1-rasm.Asosiy bolg‘alash operatsiyalari sxemasi:
a – cho‘ktirish; b – cho‘zish; d – teshish; e – bukish; f – burash g – kesish; h – payvandlash.

Erkin bolg‘alash jarayonining asosiy operatsiyalariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



  1. Cho‘ktirish – zagotovkaning ko‘ndalang kesimini bo‘yi hisobiga kattalashtirish (1-rasm, a).

  2. Mahalliy cho‘ktirish – zagotovkaning bir qisminigina ko‘ndalang kesimini kattalashtirib, bo‘y o‘lchamlarini qisqartirish.

  3. Cho‘zish – zagotovkaning uzunligini ko‘ndalang kesimi hisobiga uzaytirish (1-rasm, b).

  4. Mahalliy cho‘zish zagotovkaning ma’lum qisminigina cho‘zish.

  5. Yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni siqish yo‘li bilan doiraviy jism shakliga keltirish.

  6. Qisman yumaloqlash – zagotovkani aylantirib ketma-ket zarblash yoki uni siqish yo‘li bilan bir qismini yumaloqlash.

  7. Teshish – zagotovka bir qismini siqib chiqarish hisobiga bo‘shlik hosil qilish (1-rasm, d).

  8. Teshikni kengaytirish – zagotovka bo‘shligi yoki teshigining o‘lchamlarini kattalashtirish.

  9. Bukish – zagotovkani zarb bilan bukish (1-rasm, g).

  10. Tekislash – zagotovka yuzasini zarb bilan ishlash yo‘li bilan bir tekis qilish.

  11. Kesish – metallning bir qismini ikkinchi qismidan kesib ajratish va boshqalar.

2-rasmda esa bolg‘alashda ishlatiladigan ba’zi asboblar keltirilgan.

2-rasm. Metallarni bolg‘alashda ishlatiladigan asboblar: a – bolg‘acha; b – bosqon; d – sandon; e – ombirlar; f – silliqlagichlar; g – qisqichlar: (1 – ustki; 2 – ostki), h – podboykalar: (1 – ustki; 2 – ostki), i – zubilolar.


Download 189.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling