“Materiya borliqning moddiy shakli sifatida”


Download 1.8 Mb.
bet2/3
Sana10.02.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1184343
1   2   3
Bog'liq
Materiya borliqning moddiy shakli sifatida

Materiya massaga ega va fazoda joy oluvchi obyektdir. Materiya tushunchasining aniq taʼrifi yoʻq. Baʼzi taʼriflarga koʻra, materiya elementar fermionlardan iborat har qanday narsadir (biroq bunda bir qator muammolar tugʻiladi: elementar fermion boʻlmagan, biroq massaga ega bozonlar mavjud; fermiondan iborat neytrinolarning ayrim tiplari massasiz boʻlishi mumkin). Yorugʻlik (fotonlar) va baʼzi bozonlar materiya, deb qaralmaydi.
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan boqlab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq – obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-hayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi. (Bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qo‘llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o‘rganadi.
Tarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g‘oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuprog‘ida vujudga kelgan zardo‘shtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. Chunki bu g‘oya bo‘yicha, har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik baxsh etadi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi,deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir.
Borliq o‘ziga obyektiv va subyektiv reallikni, mavjud bo‘lgan va mavjud bo‘ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o‘tmish va kelajakni, o‘limni va hayotni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.
«Ontologiya» atamasi borliq haqidagi ta’limot ma’nosida ilk bor R.Goklenius (1636 yil) va I.Klauberg (1646 yil) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Lug‘aviy ma’noda u yunoncha “ontos” – borliq va “logos” – ta’limot degan mazmunni anglatadi. G‘arb faylasufi X.Volf tadqiqotlari bu atamaning keng tarqalishiga asos yaratdi va u falsafaning asosiy mazmunini tashkil etuvchi muhim bo‘limini ifodalay boshladi.
Borliq
Moddiy borliq
Ma’naviy
borliq
Insonnining, uning ongidan tashqarida obektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan narsalar, hodisalar va jarayonlardan iborat.
Faqat inson ongi bilan bog’liq, subektiv reallik sifatida mavjud bo’lgan fikrlar, g’oyalar qarashlar tarzidagi borliqning ko’rinishidir.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling