Mathcad dasturini ishga tushirish


Kurs ishi topshirig’ining maqsadi


Download 151.72 Kb.
bet7/8
Sana03.12.2023
Hajmi151.72 Kb.
#1800974
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rayxon kurs ishi

Kurs ishi topshirig’ining maqsadi: Multisim dasturi interfeysi xususiyatlari bilan tanishish. Multisim dasturida Operatsion kuchaytirgich sxemasini simulyatsiya qilishni o‟rganish. Operatsion kuchaytirgichni amaliy va Multisim dasturida hisoblash.

Elektronikada kompyuterli modellash fanidan
421-21-guruh talabasi Sayitqulova Rayxonning
KURS ISHI TOPSHIRIG'I
Variant 19

421-21-guruh talabasi Sayitqulova Rayxon Imzo:______



Multisim dasturida opertasion kuchaytirgich asosida yig’ilgan kuchaytirgich sxemalarni hisoblash. Kurs ishi topshirig’ining maqsadi: Multisim dasturi interfeysi xususiyatlari bilan tanishish. Multisim dasturida Operatsion kuchaytirgich sxemasini simulyatsiya qilishni o‟rganish. Operatsion kuchaytirgichni amaliy va Multisim dasturida hisoblash. Nazariy ma’lumotlar. Operatsion kuchaytirgich (OK) deb kirish qarshiligi katta, chiqish qarshiligi kichik va kuchaytirish koeffitsiyenti juda katta bo‟lgan kuchyatirgichli integral sxemalarga aytiladi. Operatsion kuchaytirgichlarda teskari aloqa bo‟lmaganda kuchaytirish koeffisiyenti bir necha millionga teng bo‟lishi mumkin. OK lar hozirgi kunda deyarli barcha elektron sxemalarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Operatsion kuchaytirgichlarning ulanish usullariga qarab turli analog signnallar ustida matematik amallar (operatsiyalar) bajarish mumkin. OK sxemalarni turli xil rejimda ishlatish mumkin. OKlarning asosiy parametri:
OKlarning asosiy parametri:

bu yerda - kuchlanish bo‟yicha kuchaytirish koeffitsiyenti, Uch - chiqish kuchlanishi, Uk - kirish kuchlanishi. Inverslanmagan OK. OK inverslanmagan (6-rasm) rejimda ishlaganda kirish signali va chiqish signalining fazalar siljishi 0 ga teng bo’ladi, yani faza o‟zgarmaydi. Kirish va chiqish signallari o‟rtasidagi munosabat:

bu yerda R1 va R2 qarshiliklar.



Inverslangan OK. Inverslangan OK larda (7-rasm) kirish va chiqish signallari orasidagi faza siljishi 180 ga teng bo‟ladi, yani bir-biriga nisbatan teskari fazada joylashgan bo’ladi. Kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi munosabat:




Summatorli OK sxemasi. 8-rasmda OK summator sxemasida ulangan. Bunday ulanishda chiqish signalining miqdori kirish signallarining yig‟indisiga teng bo’ladi. Kirish va chiqish signallari orasidagi munosabat:


Integrallovchi OK sxemasi. 9-rasmda integrallovchi OK sxemasi ko‟rsatilgan. Integrallochi sxemalar yordamida analog signallar ustida integrallash amalini bajarishimiz mumkin. Kirish va chiqish signallari orasidagi munosabat quyidagi ifodaga teng bo‟ladi:


Differensiallovchi OK sxemasi. 10-rasmda differensiallochi OK sxemasi ko‟rsatilgan. OK bunday sxemada ulanganda chiqish signali kirish signalining differensialiga proporsional bo‟ladi. Kirish va chiqish signallari orasidagi munosabat quyidagiga teng bo‟ladi:

OKli integral sxemalar raqamli elektronikada ham keng qo‟llaniladi. OKlar analog raqamli o‟zgartgichlar va raqamli analog o‟zgartgichlarning asosiy elementi hisoblanadi. Ular kuchlanishni taqqoslash (komparator) vazifasini ham bajaradi.

Operatsion kuchaytirgich asosida yig’ilgan kuchaytirgich sxemasini Multisim dasturida hisoblash. Multisim dasturi ishga tushiriladi. Dasturda elementlar kutubxonasidan Analog bo‟limi tanlanadi va OK sxemasi ishchi oynaga o‟rnatiladi. OK asosida inverslamaydigan kuchaytirgich sxemasi (11-rasm) yig‟iladi. (2.2) formula yordamida OK ning tegishli parametrlari hisoblanadi.




Download 151.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling