Matn lingvistikasi


Leksik-frazeologik ma’nodoshlik


Download 1.36 Mb.
bet47/113
Sana10.11.2021
Hajmi1.36 Mb.
#173327
TuriУчебное пособие
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Urfiy
Leksik-frazeologik ma’nodoshlik. «Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la oladi». 150 Masalan: Xursand – og‘zi qulog‘ida, g‘azablanmoq – jahli chiqmoq, beg‘am – dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydi kabilar leksik-frazeologik ma’nodoshlik hisoblanadi. Badiiy matnda ma’nodoshlikning bunday turidan holatni bo‘rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi: Qurvon bibi so‘zga qancha epchil bo‘lsa, Razzoq so‘fi shu qadar kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna odam edi.

Shakldosh so‘zlar
Tilimizda tovush (yozuvda harfiy) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar omonimlar deb ataladi. Tilshunoslikda omonimiyaning uch ko‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar. «Omoleksemalarni belgilashda talaffuz jihatidan bo‘ladigan bir xillik ham, harfiy (grafik) ifoda jihatidan bo‘ladigan bir xillik ham hisobga olinadi»151 Masalan, qovoq-I (inson a’zosi) – qovoq-II (o‘simlik nomi). Omograflar esa, harfiy jihatdan bir xil bo‘lib talaffuzi har xil bo‘ladi: tom-I (uyning tomi) – tom-II (jild), atlas-I (ipakdan tayyorlangan mato turi) – atlas-II (xarita). Omofonlar deb talaffuz jihatidan teng kelish hodisasiga aytiladi: bor(boshiga ko‘tarmoq-I (e’zozlamoq) – boshiga ko‘tarmoq-II (to‘palon qilmoq), qo‘l ko‘tarmoq-I (ovoz bermoq, ma’qullamoq) – qo‘l ko‘tarmoq-II (urmoq). Shakldosh so‘zlar asosida yuzaga keladigan ohangdoshlikdan badiiy asarda alohida uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Nasrda askiya va payrov orqali kulgi chiqarish maqsadida, she’riyatda esa tuyuq hosil qilishda ishlatiladi. Masalan:

Qo‘qonda Urfiy degan, Xo‘jandda Kamol Xo‘jandiy degan shoirlar bir-birlari bilan do‘st ekan. Kamol Xo‘jandiy Urfiyni mehmonga chaqiribdi. Supada suhbat qilib o‘tirganlarida Kamol Xo‘jandiyning kichkina kuchugi dasturxon yoniga kelib, hatto dasturxonga tegib ketsa ham, u indamas ekan. Urfiyning juda g‘ashi kelib, achchig‘i chiqipti va oxiri so‘rapti:- Bu maxsumchaga nima nom qo‘yganlar?

Kamol Xo‘jandiy: Urfiy nomlardan birini qo‘yganmiz-da.

Urfiy: Kamoliga etsin!152

Tuyuq:

Bunim yo‘q, unim yo‘q,



Uyimda unim yo‘q.

Ishimda unum yo‘q,

Aytishga unim yo‘q. (Kamiy)
Paronim so‘zlar
Paronimlar (para-yonida + onyma-nom) deb fonetik tarkibi boshqa-boshqa, talaffuzdagina o‘xshash, yaqin bo‘lib qolgan so‘zlarga aytiladi. Abzal (asli afzor-asbob, egar-jabduq) – afzal (lafz so‘zining ko‘pligi), xalos (ozod bo‘lish) – xolos (faqat), xush (yaxshi, yoqimli) – hush (insonning sezish, idrok etish qobiliyati). «Paronimlarga asoslangan uslubiy figura paronomaziya deb yuritiladi. Badiiy adabiyotda paronomaziyadan ifodalilik, ohangdorlikka erishish, komik effekt yaratish, so‘z o‘yini hosil qilish kabi maqsadlarda foydalaniladi». Badiiy adabiyotda o‘xshash so‘z (paronim)lar qahramonlar nutqini individuallashtirish, ularning ma’naviy hamda lisoniy saviyasini ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. Quyidagi parchada paronimlardan komik effekt yaratish maqsadida foydalanilgan. Qahrmon kompot (mevalardan tayyorlanadigan sharbat) va kompost (chiqindilardan achitib tayyorlanadigan organik o‘g‘it) paronim so‘zlarining ma’nosini bilmaganligi uchun kulgili vaziyatga tushadi: «Aylanib yurib to‘rtinchi brigada dalasida janjal ustidan chiqib qolibman. Bo‘lim boshlig‘i O‘rmon aka bilan brigadir Rahimjon aka nima to‘g‘risidadir qo‘llarini paxsa qilishib bahslashmoqda edi. Meni ko‘rishi bilan bo‘lim boshlig‘i:

- O‘rtoq agronom sizdan bir iltimosim bor,-deb qoldi.

- Agar malol kelmasa, mana bu Rahimjonga, uning a’zolariga kompost to‘g‘risida gapirib bersangiz. Bular haligacha hech narsa tushunmas ekan.

- Marhamat,-dedimda, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya o‘qishga tushib ketdim:

- O‘rtoqlar, kompot juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan tayyorlashadi. Mevalarning xili qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shuncha shirin bo‘ladi. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompotni o‘rik, shaftoliqoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompot ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz... Gapimni tugatmasimdan o‘tirgan odamlar sharaqlab kulib yuborishdi. (X.To‘xtaboyev)

Said Ahmad o‘zining «Sinovchi uchuvchi» deb nomlangan hajviyasida ham o‘xshash talaffuzli so‘zlar vositasida paronamaziyani yuzaga keltirgan: Muxbir (mikrofonga). Aziz radio tinglovchilar! Har bir korxonaning mahsuloti sifatini aniqlaydigan o‘z sinovchilari bo‘ladi. Masalan: yangi samolyotni birinchi uchirib beradigan uchuvchini sinovchi-uchuvchi deydilar... Mana, qarshimizda turgan barvasta qomatli, qarashi burgut nigohini eslatadigan, butun vujudidan kuch-g‘ayrat, sadoqat, vafo sezilib turgan kishi mana shu zavodning sinovchi-ichuvchisidir...

Birinchi parchadagi paronamaziyada ikkita o‘xshash so‘zning qahramon tarafidan farqlanmasligi, ya’ni ikkita alohida so‘z ma’nolarining qorishtirilishi natijasida kulgili holat yuzaga kelgan. Ikkinchi parchadagi paronamaziyada esa qahramon kulgili vaziyatni yuzaga keltirish uchun atayin o‘xshash talaffuzli yangi konstruksiyani hosil qiladi.


Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling