Matn lingvistikasi
Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli
Download 1.36 Mb.
|
MATNLINGVISTIKASI
3.Lisoniy birliklar indeksini tuzish usuli. Badiiy matnning lingvopoetik tahlili jarayonida asardagi lisoniy birliklarning indeksini tuzib chiqish talab qilinadi. Buning uchun dastlab, asardagi eng ko‘p qo‘llanilgan, asar badiiyati uchun xarakterli bo‘lgan birliklar (masalan, iboralar, sinonomlar, antonimlar yoki epitetli birikmalar, metonimiya, metaforalar bo‘lishi mumkin) aniqlanadi. Keyin alifbo tartibida terib chiqiladi. Bu yozuvchining lisoniy mahoratini yoritishda faktik material vazifasini o‘taydi. Masalan, mohir so‘z san’atkori Abdulla Qahhorning «Sarob» romanida qo‘llangan yuzdan ziyod ibora, metafora yoki metonimiyalarning indeksini quyidagi tarzda tuzib chiqishimiz mumkin: (5 jildlik. 1-jild. -Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987- yil.)
Iboralar: Aftini burishtirmoq – Qimirlasam, biqinim sanchadi, –dedi Saidiy xuddi hozir sanchadiganday aftini burishtirib. (41-b.) Bo‘yniga olmoq – Saidiy xayrlashib chiqdi, qishloqqa borishni bo‘yniga olib qo‘ydi. (83-b.) Dami ichiga tushmoq – Saidiy Yoqubjonning aytganini qilganida Kenjaning dami ichiga tushdi. (124-b.) Oqizmay-tomizmay etkazmoq – So‘z o‘rni kelganda, u Saidiyda zakovat belgilari ko‘rganini, bu yigit oddiy studentlardan yuqori turishini so‘zlar, buni esa Munisxon oqizmay-tomizmay Saidiyga etkazar edi. (67-b.) Ta’bi ochilmoq – U qishloqqa kelganida dastlab yangi muhitga o‘rganolmay ko‘p qiynalgan edi, ammo o‘rganganidan so‘ng, ta’bi ochilib ketdi. (89-b.) Yuragi dov bermaslik – Munisxon paltosining yoqasini ko‘tardi-yu, eshikdan chiqishga yuragi dov bermay, turib qoldi. (43-b.) Uhda qilolmaslik – Shef bilan ishlab ham uhda qilolmayotirsizmi? (82-b.) Quloq bermoq – Qiz uning so‘ziga o‘zi ustidan chiqarilgan hukmni tinglaganday quloq berar edi. (35-b.) Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling