Matn lingvistikasi


Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari


Download 1.36 Mb.
bet37/113
Sana10.11.2021
Hajmi1.36 Mb.
#173327
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI

8. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qo‘llaniladigan, o‘zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan, o‘zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o‘tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo‘ladi. «Shunga ko‘ra doimiylik belgisiga ega bo‘lgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (sub’ektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.»106 Misollar: - Malikam,- debdi jahl otiga minib.Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan o‘zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da yurtingizga jo‘nang! (O‘.Hoshimov) Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona, Nechun ko‘zlaringdan oqar marjon yosh (A.Oripov). Keltirilgan birinchi misoldagi «malikam» murojaat birligi appelyativ-xitob, murojaat qilish orqali o‘zaro muloqotni boshlash vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi «ovsar» murojaat birligi kamsitish, haqorat kabi shaxsiy munosabatni ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so‘zlovchining emotsional munosabati takror qo‘llanuvchi «Oyisha ona» murojaat birligi orqali yana-da aniq ifodalangan. Murojaat birliklarining badiiy matndagi qo‘llanilishini o‘rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi. Murojaat qilinayotgan ba’zan narsa-buyum bo‘lishi ham mumkin. Masalan:

Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o‘rgat!

Ay, g‘uncha! O‘zlikni namoyon etmoqni o‘rgat! (J.Rumiy)

Tahlilda buning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ va konnotativ ma’nolar haqida mulohaza yuritiladi. Adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida o‘rganiladi. Ritorik murojaatda ritorik so‘roqda bo‘lgani kabi javob talab qilinmaydi, balki, «ob’ektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni uyg‘otadi». 107 Asosan, «shoirning poetik nutqda o‘zi xohlagan intonatsiyani – tantanavorlik, ko‘tarinkilik, g‘azabkorlik, kesatish kabilarni ifodalashda»108 keng foydalaniladi.




Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling