7. Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning mavjudligini anglatadi. Atov gaplar matnda yolg‘iz qo‘llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada matn hosil bo‘ladi. Masalan: Bugun bayram. Ko‘chalar gavjum. Sho‘x-sho‘x kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar o‘tadi. O‘yin-kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi (O‘.Hoshimov).
Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sevmoq! Bu toshga qarab ham gulni ko‘rmoqdir. Yoki, Kutish! Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat.
Do'stlaringiz bilan baham: |