Matn lingvistikasi
Download 1.36 Mb.
|
MATNLINGVISTIKASI
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz, Qilur qatlimga qasd qayrab – Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysan. Qarab qo‘ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz. Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin: Ko‘klamda ko‘karsa ko‘k ko‘katlar, Ko‘klarga ko‘milsa katta-kattalar, Ko‘m-ko‘k ko‘karib ko‘rinsa ko‘llar, Ko‘ngilni ko‘tarsa ko‘rkli gullar. Yoki, Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning mashhur «Xalq dengizdir» deb boshlanuvchi she’ri ham alliteratsiyaning go‘zal namunalaridan hisoblanadi: Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir, Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq o‘chdir... Nasrda bu tarzda jumla tuzish she’riyatdagidek badiiy effekt bermasligi mumkin. Shuning uchun nasrda kamdan-kam hollardagina kuzatish mumkin bo‘ladi. Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish hamda aytishmachoq o‘yinlari bor. Tez aytishlar: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Oq choynakka oq qopqoq, Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq. Aytishmachoqda ishtirok etuvchi bolalardan aynan bir xil tovush bilan boshlanadigan gap tuzish talab qilinadi. Boshqa tovush bilan boshlanadigan so‘z aralashtirib yuborgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi va o‘yindan chiqadi. Masalan:
Alliteratsiyadan xalq maqollaridagi intonatsion butunlikni ta’minlashda ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin: Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma. ***
Tulkining tushiga tovuq kirar, Tovuqning tushiga tariq kirar. ***
Tek turganga shayton tayoq tutqazar. ***
Xalq hukmi – haq hukmi. Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – ekspressivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kelishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko‘p kuzatiladi: Ovni otsang, bilib ot, Dol nishonga qo‘yib ot. *** Non qon bo‘lsa, qon – jon. *** O‘zing o‘yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo‘lsin. ***
Bir tup tok eksang, bir tup tol ek. Assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kelib, she’riy nutqqa ko‘tarinki ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi: Ruhimda yo‘qoldi qarorim, Tanimda qolmadi madorim. Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan, Vafo qilarmisan, bahorim?! Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi, Boshlardan savdoli ish o‘tdi. Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi, Vafo qilarmisan, bahorim?! Yam-yashil qirlarni sog‘indim, Chechakzor erlarni sog‘indim, U inja sirlarni sog‘indim, Vafo qilarmisan, bahorim?! Lolaning lablari xandadir, Dog‘i ham tubida – andadir. O‘xshashi ruh ila tandadir, Vafo qilarmisan, bahorim?! Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan, She’r bilan, soz bilan – tor bilan. Diydorlash bizningdek xor bilan, Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov) Geminatsiya. Badiiy nutqda keng qo‘llaniladigan fonetik usullardan yana biri – geminatsiyadir. «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati»da mazkur hodisa «qo‘sh undoshlik – ikki aynan bir xil undoshli holatning yuzaga kelishi» sifatida izohlanadi.143 «O‘zbek tili tarixiy fonetikasi» o‘quv qo‘llanmasida esa bu hodisa «qo‘shoqlanish» yoki «ikkilangan undosh» deb yuritiladi: «Qo‘shoqlanish – undoshlarning cho‘zilishi, ikkilanishi hodisasini fonetik o‘zgarishlar sirasida ko‘rib chiqish o‘ta shartlidir. Lekin bu hodisa faqat ikki unli orasidagi yakka undoshda sodir bo‘la olishi bilan fonetik o‘zgarishlarga o‘xshaydi. Qo‘shoqlanish, asosan, ikki unli orasida kelgan k, q, t, l tovushlarida va faqat 2, 7, 8, 9, 30, 50 sanoq sonlarini nomlashda sodir bo‘ladi. Bu sonorlarni bir undosh bilan ham, ikkilangan undosh bilan ham talaffuz etish mumkin bo‘lgan. Sanoq sonlar nomidagi bu xil qo‘shoqlanish sabablari haligacha ochilmagan. Lekin katta, latta, yakka, yalla, chakki, ukki kabi so‘zlardagi ikkinchi t, l, k lar tarixan morfologik ko‘rsatkich bo‘lib, ulardagi qo‘shoqlanish singish (adaptatsiya) natijasidir degan fikr mavjud.»144 Adham Abdullayev esa «undoshlarni qavatlash» atamasini ishlatgan.145 Undoshlarni qavatlab qo‘llash orqali badiiy asarda qahramon ruhiyatidagi xursandlik va xafalik holatlari tugal tasvirlashga erishiladi. Masalan, Ayyorlikda uchchiga chiqqanman deb maqtansam yolg‘on emas (Oybek). Uni ayblashga sizning ma’naviy haqqingiz yo‘q, uka! - dedi g‘azab bilan (gazetadan). Keltirilgan misollardagi undashlarning qavatlanishi qahramonlar tabiatidagi sub’ektiv holatni ifodalashga xizmat qilgan. Ya’ni, birinchi gapdagi qahramonning o‘z «ishi-hunaridan» mamnunligi, «anoyi» emasligini ta’kidlash istagi qavatlangan «ch» undoshi orqali yanada aniq ifodalangan. Ikkinchi gapdagi qahramonning qahr-g‘azabi esa «q» geminatasi bilan ko‘rsatib berilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, undoshlarning qavatlanishi alohida uslubiy vositadir. Duch kelgan tovushni qavatlab qo‘llab bo‘lmaganidek, so‘zda turli sabablar bilan yonma-yon kelgan barcha undoshlar ham lingvopoetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lavermaydi. Masalan: – Ukaginam, bu kennoyingizga (kelin oyingizga – ellipsis) zagsda patta (so‘z imlosida mavjud) kesilmagan. Birinchisidan to‘qqizta (so‘z imlosida mavjud) bola bor. Bechora giroy bo‘laman rosa tug‘di. To‘qqizinchisini tug‘diyu o‘zimizning tilda aytganda brakka (brak+ga/ka) chiqib qoldi. (S.Ahmad) Nazorat uchun savol va topshiriqlar 1.Badiiy matnda fonetik birliklarning estetik xususiyatlari haqida ma’lumot bering. 2.Badiiy matnda fonografik vositalarning qo‘llanish sababini tushuntiring. 3.Alliteratsiya deb nimaga aytiladi? 4.Assonans deb nimaga aytiladi? 5.Geminatsiya deb nimaga aytiladi? Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling