Matn tavsifi va matn tiplari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/55
Sana07.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1694531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
Tarqatma material Х.Усманова

q, sh, t, k undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan 
alliteratsiyani kuzatish mumkin: Butun bet-boshim bij-bij bo‘ldi. 
Butun bet-boshim g‘uj-g‘uj ajin bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi 
– darz-darz yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi – qaqroq-
qaqroq yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi – sho‘r-sho‘r yer 
bo‘ldi! (T. Murod) Bolalar folkloridagi tez aytishlar ham 
allitеratsiyaga asoslangan: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut 
turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?Oq choynakka oq 
qopqoq, Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
Allitеratsiyadan xalq maqollarida intonatsion butunlikni ta’minlash 
maqsadida ham kеng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma. 
*** 
Tulkining tushiga tovuq kirar, 
Tovuqning tushiga tariq kirar.  
*** 
Tеk turganga shayton tayoq tutqazar. 
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va 
emotsional – eksprеssivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan 
fonеtik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan 
yoki yaqin unlilarning takrorlanib kеlishidan hosil bo‘ladigan 
ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi 
maqollarda ko‘p kuzatiladi:
Ovni otsang, bilib ot, 
Dol nishonga qo‘yib ot. 
*** 
Non qon bo‘lsa, qon – jon. 
*** 
O‘zing o‘yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo‘lsin. 
Assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kеlib, shе’riy nutqqa ko‘tarinki 
ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi: 
Ruhimda yo‘qoldi qarorim, 
Tanimda qolmadi madorim. 
Bizlarni bir yo‘qlab kеlibsan, 
Vafo qilarmisan, bahorim?!  (A.Oripov) 
Alliteratsiya va assonans saj’li nasrda alohada ahamiyat kasb etadi. 
Saj’ istilohi ilmiy adabiyotlarda nasrda ikki yoki undan ortiq so‘zning 
qofiyada yoxud vaznda (ba’zan har ikkisida ham) kelishiga nisbatan 


18 
ishlatilishi ta’kidlanadi.
11
Misol: Alqissa, Qoraxon podsho o‘g‘lining 
dardini ishqdan bilib, ko‘ngli buzilib, yurak-bag‘ri ezilib, qaddi 
bukilib, ko‘zidan yoshi to‘kilib, o‘g‘liga qarab, bir so‘z aytib turibdi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling