Matn tavsifi va matn tiplari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarqatma material Х.Усманова
q, sh, t, k undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan
alliteratsiyani kuzatish mumkin: Butun bet-boshim bij-bij bo‘ldi. Butun bet-boshim g‘uj-g‘uj ajin bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi – darz-darz yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi – qaqroq- qaqroq yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi – sho‘r-sho‘r yer bo‘ldi! (T. Murod) Bolalar folkloridagi tez aytishlar ham allitеratsiyaga asoslangan: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi?Oq choynakka oq qopqoq, Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq. Allitеratsiyadan xalq maqollarida intonatsion butunlikni ta’minlash maqsadida ham kеng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin: Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma. *** Tulkining tushiga tovuq kirar, Tovuqning tushiga tariq kirar. *** Tеk turganga shayton tayoq tutqazar. Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va emotsional – eksprеssivlik bag‘ishlash maqsadida qo‘llaniladigan fonеtik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib kеlishidan hosil bo‘ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning takrorlanishi maqollarda ko‘p kuzatiladi: Ovni otsang, bilib ot, Dol nishonga qo‘yib ot. *** Non qon bo‘lsa, qon – jon. *** O‘zing o‘yda bo‘lsang ham, o‘ying uyingda bo‘lsin. Assonans qofiyadosh so‘zlar tarkibida kеlib, shе’riy nutqqa ko‘tarinki ruh va o‘ziga xos musiqiylik baxsh etadi: Ruhimda yo‘qoldi qarorim, Tanimda qolmadi madorim. Bizlarni bir yo‘qlab kеlibsan, Vafo qilarmisan, bahorim?! (A.Oripov) Alliteratsiya va assonans saj’li nasrda alohada ahamiyat kasb etadi. Saj’ istilohi ilmiy adabiyotlarda nasrda ikki yoki undan ortiq so‘zning qofiyada yoxud vaznda (ba’zan har ikkisida ham) kelishiga nisbatan 18 ishlatilishi ta’kidlanadi. 11 Misol: Alqissa, Qoraxon podsho o‘g‘lining dardini ishqdan bilib, ko‘ngli buzilib, yurak-bag‘ri ezilib, qaddi bukilib, ko‘zidan yoshi to‘kilib, o‘g‘liga qarab, bir so‘z aytib turibdi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling