Matn tilshunosligi


NUTQ TOVUSHLARINING O’ZGARISHI. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI


Download 79.54 Kb.
bet20/23
Sana28.03.2023
Hajmi79.54 Kb.
#1305188
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
NUTQ TOVUSHLARINING O’ZGARISHI. NUTQNING ASOSIY FONETIK BIRLIKLARI.
Umumiy ma’lumot. Fonemaning nutq oqimida turli ottenkalarda namoyon bo`lishi, bunday ottenkalarning yuzaga kelishida kombinator, pozitsion yoki aralash (kombinator- pozi-sion) va b. omillarning ishtiroki borligi yuqorida aytib o`tilgan edi. Fonetik hodisalar ham aslida ana shu omillar mahsuli sifatida sodir bo`ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardan iborat: Kombinator omillar ta’sirida sodir bo`ladigan hodisalar: 1.Assimilyatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (mas, undosh bilan undoshning) o`zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi turlari bor: O`zbek tilida o`zak bilan affiksdagi unlilar assimilyatsiyasi ham uchraydi. Assimilyatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg`unlashuvi) deb ham nomlanadi. Bunda unlilarning uyg`unlashuvi lab garmoniyasi va til garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo`ladi. Masalan: keldi-«e» (old qator), «i» (old qator). Bunda o`zak va affikslar tarkibidagi har ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi– «o» (orqa qator), «i» (orqa qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o`zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan- «i»ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi hisoblanadi); lab garmoniyasi ko`proq shevalarda uchraydi: o`g`lim (adabiy tilda)- ulum(qipchoq lahjasi shevalarida). Bunda o`zak va qo`shimchalardagi unlilarning lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo`ladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida assimilyatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi. Tovush yoki komponentning tushib qolishiga olib keladigan sabablar qatorida pozitsion (urg`usiz bo`g`indagi reduksiya) va sintagmatik (yonma-yon qo`llangan tovushlarning singishib ketishi) bilan birga fonasion energiyani tejash, ixchamlikka erishish kabi omillar ham qatnashadi; eliziya- ikki so`z birikkan joyda bir yoki bir necha tovushning tushib qolishi. Bu hodisa ham ko`proq ellipsis qonuniyati asosida (ixchamlikka intilish natijasida) yuzaga keladi. Eliziya hodisasi diaxron (tarixiy) va sinxron (hozirgi) planlarda bo`lishi mumkin. Diaxron planda sodir bo`lgan eliziya ba’zi so`z yoki so`z formalarining hozirgi ko`rinishini shakllantirgan: 

Download 79.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling