Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar. Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar


Download 143.5 Kb.
bet6/7
Sana06.02.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1169114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-mavzu

Mavzu yuzasidan testlar:
1. Quyidagi birikmalardagi tutmoq so`zining shakli va ma`no turini ayting. 1. qochoqni tutmoq. 2. parda tutmoq. 3. ro`za tutmoq. 4. suv tutmoq.
A) 1, 2, 3, 4-ko`p ma`noli so`z B) 1, 2, 3, 4-shakldosh so`z
C) 1, 2-ko`p ma`noli so`z, 3, 4-shakldosh D) 2, 3-shakldosh, 1, 4-ko`p ma`noli soz
2. Qaysi so`zlar ham ko`chma ma`no, ham shakldoshiga ega: 1. ko`z. 2. oltin. 3. og`iz. 4. tom. 5. uch. 6. oq.
A) 1, 2, 3 B) 3, 4, 5, 6 C) 3, 5 D) 4, 5
3. Tojik tilidan o`zlashgan so`zlar qatorini toping.
A) Chopon, olov, oftob B) Saodat, shoir, she`r
C) Ro`za, dazmol, a`lo D) Saodat, maorif, muomala
4. Arab tilidan o`zlashgan so`zlar qatorini belgilang.
A) Mo`min, havo, vujud B) Karaxt, taxt, xo`roz
C) Baxt, donishmand, daraxt C) Dazmol, taxt, ruxsat
5. Tojik tilidan o`zlashgan so`zlar qatorini toping.
A) xo`roz, olov, farzand B) saodat, a`lo, shoir
C) ruxsat, qoida, sur`at D) muomala, maorif, sehr
6. To`g`ri hukmni belgilang.
A) Ma`nodoshlik 2-3 xil so`z turkumida kuzatiladi
B) Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi
C) Shakldoshlik faqat bir so`z turkumiga oid bo`ladi
D) Paronimlar faqat bir so`z turkumida bo`ladi
7. Noto`g`ri hukmni belgilang.
A) Ma`lum ma`no bilan bog`langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi leksema sanaladi.
B) Ma`lum ma`no bilan bog`langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi so`z deyiladi.
C) Grammatik ma`nosiz, faqat leksik ma`no bildiruvchi so`zning qismi uchun leksema atamasi qo`llaniladi.
D) So`zning grammatik ma`no bildiruvchi qo`shimchlarsiz qismi leksema sanaladi.
8. Kechalar fig`onimdan tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman. Ushbu baytda so`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi turi qo`llanilgan?
A) Zid ma`noli so`zlar B) Sinonim C) Paronim D) Shakldosh
9. Aql-u fahm-u idrokim sazovor o`ldikim, mijmari bardosh ichinda nordurmen. Ajratilgan so`zlar qaysi so`zda to`g`ri izohlangan?
A) Mijmar – chog`don, nor –anor B) Mijmar – olov, nor – tuya
C) Mijmar – gul, nor – anor D) Mijmar – qattiq, nor – she`r
10. Quyidagi berilganlardan sinekdoxa usuli bilan ma`no ko`chishi mavjud gaplarni belgilang.
1. Besh qo`lni og`ziga tiqmoq.
2. Besh qo`l barobar emas.
3. Ko`zlar, yuzlar boqar edi biz tomon
4. Keling mehmon, eshikka kiraylik.
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3
11. Faqat ma`lum sotsial guruh hamda ma`lum bir hudud doirasidagina qo`llanilib, umumxalq tiliga xos bo`lmagan so`zlarni bildiruvchi atama qaysi javobda ko`rsatilgan?
A) Chegaralangan so`zlar B) Shevaga xos so`zlar
C) Umumiste`moldagi so`zlar D) Noadabiy so`zlar
12. Qaysi javobda barqaror birikmalarning belgisi xato ko`rsatilgan?
A) Barqaror birikmalar tarkibidagi so`zlar o`zaro erkin bog`lanadi
B) Barqaror birikmalar tarkibidagi so`zlar o`zaro turg`un bog`lanadi
C) Barqaror birikmalar tilshunoslikning paremiologiya bo`limida o`rganiladi
D) Barqaror birikmalarning bir guruhi tarkibidagi so`zlar ma`no jihatidan uyg`unlashib, mazmuniy yaxlitlikni vujudga keltiradi.
13. -in, -choq, -ma, -ay qo`shimchalarining qaysi biri ham so`z yasovchi, ham shakl yasovchi shakldosh qo`shimcha vazifasini bajarishi mumkin?
A) barchasi B) -in, -choq C) -ma, -ay D) -in, choq, -ma
14. Frazeologik sinonimlar qatorini ko`rsating.
A) yulduzni benarvon uradigan, abjir B) C, D
C) burni ko`tarilgan, dimog`i shishgan D) boshi ko`kka yetmoq, og`zi qulog`iga yetmoq
15. Quyidagi predmet nomlaridan bir tasviriy ifoda orqali ifodalanganlarini belgilang.
A) ko`mir, yog`och B) televizor, raketa C) bahor, boychechak D) matematika, shaxmat

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling