Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz
- 1-tоpshiriq.
- Quyidagi savollarga javob b е ring
1-mavzu. Matn: YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ Nazariy ma’lumot: O‘zbek tili fanining o‘rganish obyekti. Davlat tili tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni. Davlat tili haqidagi qonunning yangi tahriri. (167-I-son 21.12.1995-yil)Ish yuritish: Qonun a Farmonlar. Adabiy o‘qish: “Vatan” haqida she’rlar. Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz Mustaqillik-xalqimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chikarishining mustahkam zaminidir. “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” amalda jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi-yillarda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fukarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan isloxatlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvar kuni PF-60 – sonli «Xarakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chikilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” farmoni va uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla-yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. ▲ 1-tоpshiriq. Mаtnni o‘qing, matn mazmunini ochuvchi savollarga og‘zaki javob bering. Til faoliyatining kengligi, hamma sohada ham barobar foydalanish imkoniyati borligi, qulayligi bilan aloqa vositalari ichida ajralib turadi. U kishilarning eng muhim aloqa vositasidir.Til oddiy aloqa vositasigina emas. Til – аloqaning kishilik shaklidir. Odamlardan boshqa jonzotlar muomalasida til vositasidan foydalanilmaydi. Til faqat kishilarga xos bo‘lib, u faqat kishilar aloqasi uchun xizmat qiladi. Aslida til kishilik jamiyati tomonidan o‘zaro aloqaga kirishish ehtiyoji natijasida yaratilgan. Tilning ijtimoiy tabiiyati ayrim shaxslarni emas, balki jamiyat mavjudligini taqazo etadi. Ya’ni til bo‘lishi uchun kishilik jamiyati bo‘lishi shart. Masalan, bola odamlardan alohida holda yashasa, unda tilga ehtiyoj bo‘lmaydi. 1920-yilda Hindistonda ovchilar bir joyda ikki bo‘ri bolasi va ikki qizchaga duch keladilar. Qizlar o‘zlarini bo‘ri sifat tutardilar. Gapirishni bilmasdilar. Ularda tabiiy hodisalar – ovqatlanish, nafas olish, rivojlanish kabilar kuzatilgan, ammo ijtimoiy hodisa, ya’ni til rivojlanmagan. Ularni “ijtimoiyilashtirish” jarayoni qiyin kechgan. Shunda ham ular yaxshi fikr yuritmaganlar va to‘rt-yil davomida bor-yo‘g‘i 50 ta so‘zni o‘rganganlar xolos. Quyidagi savollarga javob bеring: Tilning ijtimoiy mohiyati nimada? Til va tafakkurning bog‘liq tomonlarini va farqlarini ayting. Til birligining vazifasi deganda nimani tushuntiring. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling