Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet103/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Glossariy
Modal so‘z – so‘zlovchining bildirgan fikriga qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar guruhi
Qo‘shimcha (morfema)-Qo‘shimcha, ya’ni morfema (morfema –yun. morphe – shakl) o‘ziga xos shakl va ma’noga ega bo‘lgan, boshqa ma’noli qismga bo‘linmaydigan, so‘z yasash, so`zning biror grammatik shaklini hosil qilish uchun asos bo‘ladigan lisoniy birlik.
O‘z qatlam. O‘zbek tilidagi turkiy so‘zlar o‘z qatlam deyiladi: men, sen, biz, o‘qi, oq, ket, bir.
O‘zlashgan qatlam -o‘zbek tiliga qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan qatlam.
Frazeologiya - birdan ortiq mustaqil leksema ko`rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi, o‘takasi yorildi, do‘ppisi yarimta, ikki gapning birida, boshga ko‘tarmoq va boshqalar. Shunday birlikni o‘rganuvchi soha – frazeologiya.
Gap bo‘lagi tartibi. Gap bo‘lagi tartibi ikki xil: a) odatdagi tartib; b) o‘zgargan tartib. Odatdagi tartib.
So‘z tartibi grammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o‘zgarishi so‘z grammatik ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Mas., Dalalar yam-yashil birikuvi gap bo‘lsa, yam-yashil dala birikuvi – so‘z birikmasi. «gap» va «so‘z birikmasi» – grammatik ma’no atamasi. Grammatik ma’no ifodalashda so‘z tartibiga ohang hamrohlik qiladi. Ya’ni yuqoridagi gap va so‘z birikmasida tartib o‘zgarishi bilan ularning ohangi ham o‘zgarib ketgan (so‘z birikmasida tugallanmagan ohang bo‘lsa, gapda tugallangan ohang mavjud).
Ohang – grammatik ma’no ifodalashning fonetik vositasi. Bu vosita yordamida gapning turini, gap bo‘lagini ajratish, farqlash mumkin. Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim, keldi. Gulnora singlim keldi gapining birinchisida Gulnora va singlim so‘zi uyushiq bo‘lak vazifasida, ikkinchi gapda Gulnora so‘zi undalma, singlim so‘zi ega, uchinchi Gulnora so‘zi aniqlovchi, singlim so‘zi izohlanmish – ega vazifasida kelgan. Gapni tashkil etuvchidagi bunday farq so‘zlovchining maqsadiga muvofiq tarzdagi ohang yordamida yuzaga chiqmoqda.
Lahja – bir­biriga yaqin bo‘lgan sheva yig‘indisi lahja deb yuritiladi. O‘zbek umumxalq tili tarkibida uchta lahja mavjud: 1) qarluq lahjasi (janubi­sharqiy guruh); 2) qipchoq lahjasi (janubi­g‘arbiy guruh); 3) o‘g‘iz lahjasi (shimoli­g‘arbiy guruh).
Nutq uslubi - Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. O‘zbek adabiy tilida 5 ta asosiy nutq uslubi bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub, rasmiy-idoraviy uslub, ommabop uslub, ilmiy uslub. Ayrim darslikda so‘zlashuv uslubidan boshqa barcha uslub kitobiy uslub degan umumiy nom ostida beriladi. Barcha uslubda cheklanmagan tarzda ishlatiladigan so‘z va qo‘shimcha uslubiy betaraf deyiladi: suv, tog‘, bola, xat.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling