Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mavzu. Matn: UNIVERSITETIM – FAXRIM


Download 0.87 Mb.
bet16/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

4-mavzu. Matn: UNIVERSITETIM – FAXRIM
Nazariy ma’lumot: Orfografiya. O‘zbek tili imlo qoidalari.
Ish yuritish: Ishonchnoma.
Adabiy o‘qish: Muhammad Yusuf she’rlari.


Qoraqalpoq davlat universiteti
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti T.G.Shyevchenko nomidagi Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti asosida 1976-yili tashkil qilindi va keyinchalik universitetga Nukus davlat universiteti nomi berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kenesining 1992-yili 25-yanvardagi 274-qarori bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti deb qayta nomlandi. Yangidan ochilgan universitetga akademik Ch.Abdirov (1976-1984-yillari) rektor bo‘lib belgilandi. Undan keyingi davrda akademik M.Nurmuxammedov (1985-1986-yillari), professor K.Mambetovlar (1986-1988-yillari) universitet rektori lavozimlarida ishladilar. Mustaqillikning dastlabki-yillaridan boshlab 2005-yilgacha professor Q.Uteniyazov, professor A.Matchanov (2005-2012-yillari), Murat Jumanov (2013-2017-yillar) universitet rektori lavozimida ishladilar. Axmed Reymov 2017-yildan boshlab universitet rektori lavozimida ish olib bormoqda. Universitet respublikamizdagina emas, butun O‘zbekiston bo‘yicha fan, ta’lim va xalq xo‘jaligida yuqori bilimli mutaxassislar tayyorlaydigan bilim maskanlaridan biriga aylandi. Universitet boy moddiy-texnik bazaga ega. Talabalar turar joylari, madaniyat saroyi, sport saroyi, jihozlangan yozgi stadion, sport zallar, kichik tipografiya universitetdagi ta’lim-tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlarning sifatli olib borilishi uchun xizmat qilmoqda. Universitet boy fundamental axborot resurs markaziga ega. Qoraqalpoq davlat universiteti o‘zinig uzoq-yillik faoliyati davomida ko‘pgina tajribali mutaxassislarni tarbiyalab, xalq xizmatiga yo‘naltirdi. Universitetimizni tamomlab ketgan mutaxassis kadrlarning deyarli hammasi Respublikamizning davlat va ijtimoif tashkilotlarida mehnat qilishmoqda.


Nazariy ma’lumot: ORFOGRAFIYA


Orfografiya bo‘limida to‘g‘ri yozish qoidalari o‘rganiladi. To‘g‘ri yozish qoidalari imlo tamoyillari orqali tartibga solinadi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling