Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet32/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Morfologik yozuv. Fonetik yozuvdan farqli ravishda morfologik yozuvga ko‘ra tildagi morfemalar nutqda qanday aytilsa yoki eshitilsa, shunday emas, balki asl holicha yozilishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, so‘z o‘zagiga qo‘shiluvchi morfemaning yozuvda to‘liq yoki qisman bir sistema asosida aks ettirilishi yoki ularning variantlaridan birining tanlab olib yozilishi asosida bir xillikka erishish morfologik yozuv deyiladi. Hozirgi o‘zbek orfografiyasida morfologik tamoyil asosiy va yetakchi tamoyildan bo‘lib, yozuvda keng qo‘llanadi. Masalan, (aytdi) so‘zidagi (-di) shakli (–ti) tarzida eshitiladi (aytti), aytgan so‘zidagi (-gan) shakli (–kan) tarzida eshitiladi (aytkan), aytgin so‘zidagi (-gin) shakli (–kin) tarzida eshitiladi (aytkin).
Tarixiy-an’anaviy yozuv. O‘zbek xalqining yozuvi tarixida ko‘pgina so‘z va iboralar borki, og‘aki nutqda qay tarzda talaffuz etilishidan qat’i nazar, ularning yozilishida ma’lum an’anaga amal qilinadi. So‘z yoki morfemaning hozirgi talaffuz me’yoriga mos kelmaydigan, tarixiy shaklida yozilishi tarixiy-an’anaviy yozuv qoidasi asosida. Masalan, hozirgi o‘zbek tilida:
-buyruq-istak maylining [–gin] shakli o‘rnida [–gil], [-g‘il] shakllari: aytgil, urmagil; [-gani] maqsad ravishdoshining [–gali], [-kali], [-qali], [-g‘ali] shakllari: aytgali, kuydirgali;
[-dan] chiqish kelishigi o‘rnida [–din], [-mi] yuklamasining [–mu], [dir] shaklining [–dur] tarzida ishlatilishi bunga misol bo‘ladi.
Farqlash tamoyili nutqimizdagi shakli va talaffuzi bir-biriga yaqin so‘z va morfemalarni yozuvda farqlashni talab etadigan yozuv qoidasi. Masalan: yondosh-yondash, qism-qisim, rosa-raso, tanbur-tambur va h.k.
Shakliy yozuv. So‘zlarni shakliy yozuv asosida yozish - qaysi xalqning tili yoki grafikasidan olingan bo‘lsa, o‘sha etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish. O‘zbek tili leksikasida arab, fors-tojik, rus, ingliz tilidan o‘zlashgan qator so‘zlar mavjud bo‘lib, o‘zbek xalqi talaffuzida ular o‘ziga xos tarzda qo‘llanilishi mumkin. Ammo shakliy

yozuv qoidasiga muvofiq ularning o‘zlari mansub tildagi etimologiyasi saqlab qolgan holda yoziladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, fikr-fikir, hukm-hukum, stol-ustal, stansiya-istansa va h.k.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling