Milliy odat va qadriyatlar – el iftixori
Milliy urf-odat inson hayotining ajralmas qismidir. U yakka bir kishi tomonidan yaratilmaydi, balki uni turmushning o‘zi keltirib chiqaradi. Yaxshi va elga manzur urf-odatlar saqlanib qolaveradi.
O‘zbek xalqining urf-odatlari asrlar bo‘yi o‘zbeklar millatining tashkil topishida ishtirok etgan barcha qabilalar va elatlarning madaniy malakalari va an’analarining uyg‘unlashuvidagi murakkab jarayonlar oqibatida tarkib topgan. Ular o‘ta o‘ziga xos, yorqin va turli-tuman bo‘lib, urug‘chilik patriarxal munosabatlaridan kelib chiqadi. Urf-odatlarning ko‘pchiligi oilaviy hayotga oid bo‘lib, bolaning tug‘ilishi va tarbiyasi (beshik to‘yi, xatna qilish), nikoh (fotiha to‘yi, to‘y) bilan bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbek xalqining paydo bоlish tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zamirida paydo bо‘lib, shakllanib, sayqallanib о‘z mazmunida о‘sha xalqning orzu-armonlari, о‘ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq qoidalarini mujassam etadi. Shuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni kо‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, taraqqiy ettirmog‘i, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i lozim.
Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning manaviyati, qadriyatlarining ajralmas qismi. Prezidentimizning sa’y-harakatlari tufayli jamiatni ma’naviy yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning umrboqiyligini ta’minlash borasida juda katta g‘amxоrliklar qilinmoqda. Bu esa mamlakatimiz kelajagi bо‘lgan yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida ma’nan barkamol qilib tarbiyalashga imkon beradi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. An’ana, udum deganimizda nimani tushunasiz?
2. Dunyo xalqlarining an’ana va urf-odatlari bir xil deb o‘ylaysizmi? Nima uchun?
3. Millatimizga xos qanday urf-odat va an’analarimizni bilasiz?
4. Milliy an’analarimiz orqali o‘zlikni anglash mumkinmi?
5. Qaysi milliy an’analarimiz sizga ko‘proq yoqadi? Nima uchun?
6. O‘zbek xalqi va qoraqalpoq xalqi yoki boshqa xalq milliy udumlari orasida o‘xshashliklar bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |