Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet26/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

2-mashq. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, juft va takroriy so‘zlar hosil qiling. Ish-…, ekin-…, o‘t-…, ko‘z-…, gap-…, hol-…, yor-…, rang-…, karnay-…, childirma-…, echki-…, fan-…, kasb-…, to‘y-…, sarf-…, og‘iz-…, afsus-…, aql-…, qo‘y-…, oshna-…, qand-…, orzu-…, qovun-…, uy-…, bug‘doy-…, savdo-…, tevarak-…, o‘y-…, huzur-…
3-mashq. Gaplarni imlо qоidalariga riоya qilgan hоlda ko`chiring. Yuklamalarning yozilishiga diqqat qiling.

  1. Kimsan akam birpas qarab turdi (-da), indamay chiqib kеtdi.

  2. Tоlibjоn kula-kula, хo`p dеdim (-ku).

  3. –Samоvar sеnga yoqdi (-mi), aхir?

  4. Biz uni changalzоr bоtqоqlikdan chiqоlmaydi, dеb o`ylagan edik. Chiqibdi (-mi, -a)?

  5. -Tоshkеntdagi Rasul dеgan оg`aynimning uyini bilasan (-a)?

-Qaysi Rasul? Anоvi kamgap prоfеssоr (-mi)?


Ish yuritish: ISHONCHNOMA
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.



ISHONCHNOMA
Men, Toshkent shahri 2-Qorasuv dahasi 214-uy 5-xonadonda yashovchi Ahad Ismoilovich Bahodirov, yon qo‘shnim Nairn Abdullayevich Qahhorovga shaharning 7-aloqa bo‘limidan mening nomimga kelgan pochta jo‘natmasini olish uchun ishonch bildiraman.
(imzo) A. Bahodirov
2019-yil 10-sentyabr
A.Bahodirov imzosini tasdiqlayman.

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i (imzo) I. Tolipova


(muhr) 2019-yil 10-sentyabr



Adabiy o‘qish:
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. Rus tili va adabiyoti institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1978). Respublika kitobsevarlar jamiyati (1978—80), «Toshkent oqshomi» gazetasida (1980—86), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti (1986—95)da turli lavozimlarda ishlagan. 1995—97-yillar «Tafakkur» jurnalida bo‘lim mudiri, 1997—2001-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari. 2chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. M.Yusufning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning she’r, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk she’rlar kitobi — «Tanish teraklar» (1985). «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz», «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan», «Yolg‘onchi yor» (1993), «Erka kiyik» (1995) va «Osmonimga olib ketaman» (1998) she’riy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan she’rlarda M.Yusuf mansub bo‘lgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, o‘zbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuyg‘u hamda kechinmalari o‘zining yorqin ifodasini topgan. So‘zning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuyg‘ular tinikligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini lo‘nda va yakkrl ifodalay bilish M.Yusuf she’riy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat she’rlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. M.Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqal’a tumanida she’riyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling