Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet37/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

Leksema va soʻz
Ma’lum ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi soʻz sanaladi.
Odatda leksik va grammatik ma’nolarning muayyan tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan butunlikka nisbatan soʻz atamasi qoʻllaniladi.
Grammatik ma’nosiz, leksim ma’no biuldiruvchi til birligi uchun leksema atamasi qoʻllaniladi. Ya’ni soʻzning faqat lug‘aviy anglatuvchi qismi nazarda tutilganda unga nisbatan leksema deyiladi: kitobxonlarning, ishchilarimiz, tinchligimiz. Tilning lug‘aviy ma’no bildiruvchi birligi leksema hisoblanadi. Lug‘atlarda bosh soʻz lekemalar beriladi.
Faqat mustaqil soʻzlargina lug‘aviy ma’no anglatadi va leksema boʻla oladi, yordamchi soʻzlarni soʻzlar qatoriga kiritish mumkin.
Koʻpincha soʻz morfologiya birligi sifatida, leksema leksikologiya birligi sifatida ishlatiladi va, bilan, katta, kitoblar qoraydi. Misollarning barchasi soʻzlar, biroq ajratilgan soʻzlar leksema boʻla oladi.

Soʻzlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni bildiririshi uning atash ma’nosi(lug‘aviy ma’nosi) hisoblanadi. Faqat mustaqil soʻzlargina atash ma’nosiga ega boʻla oladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma’noga ega soʻzlarga ishora qiladi.
Bir ma’noli va koʻp ma’noli soʻzlar
Tilimizdagi soʻzlarning ba’zilari birgina ma’no ifodalasa, ba’zilari bir necha ma’no ifodalaydi. Shunga qarab soʻzlarni ikkiga ajratish mumkin;
1.Bir ma’noli soʻzlar
2. Koʻp ma’noli soʻzlar
Yolgiz holda ham, nutq jarayonida ham bir ma’no ifoda etuvchi soʻzlar bir ma’noli soʻzlar deyiladi. Masalan; men, bola, traktor, besh kabi. Bir ma’noli soʻzlar monosemantik soʻzlar deb ham yuritiladi. Bir ma’noli soʻzlar ilmiy va kasb-hunarga oid atamalarni va yangi paydo boʻlgan soʻzlarni oʻz ichiga oladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling