Ko‘p ma’noli(polisemantik) so‘zlar
Bir necha ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi. Ko‘p ma’noli so‘zlar bitta so‘z hisoblanadi. Ularni omonimlardan farqlash kerak (omonimlar mavzusiga qarang). Ko‘p ma’nolilik bir turkum doirasida bo‘ladi. Inson tana a’zolarining koʻpchiligi koʻp ma’nolidir. Masalan: og‘iz, koʻz, burun, bosh kabi. Ko‘p ma’noli so‘zning bosh ma’nosi va ko‘chma ma’nolari bo‘ladi. Ko‘chma ma’nolar bosh ma’nodan kelib chiqadi. Matnda ko‘p ma’noli so‘zning faqat bitta ma’nosi reallashadi.
Koʻp ma’nolilik quyidagi shakllarda namoyon boʻladi:
I.Lug‘aviy ko‘p ma’nolilik (polisemiya) – so‘zlarning va iboralarning ko‘p ma’noli bo‘lishidir. U ikki turga bo‘linadi:
1.Leksik polisemiya: bosh, ko‘z, yoqa, qo‘l, yo‘l, achchiq, qanot.
2.Frazeologik polisemiya: yaxshi ko‘rmoq, jar solmoq, ko‘ngliga tegmoq, joni chiqmoq.
II.Grammatik ko‘p ma’nolilik (polisemiya) - qo‘shimchalarning ko‘p ma’noli bo‘lishidir (qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabati mavzusiga qarang). Masalan: ot yasovchi: -chi(ishchi, tovlamachi), -lik(yaxshilik, tepalik), -ki(tepki, kuzgi); sifat yasovchi: -li(kuchli, unumli), -lar(kitoblar, dadamlar..) kabi.
1-topshiriq. 2 ta guruhga boʻlining va birinchi guruh bir ma’noli soʻzlarga, ikkinchi guruh koʻp ma’noli soʻzlarga misollar keltiring.
I-guruh
|
II-guruh
|
Bir ma’noli soʻzlarga misollar keltiring
|
Koʻp ma’noli soʻzlarga misollar keltiring
|
1-mashq. Quyida berilgan gaplardagi ajratilgan so‘zlar o‘rniga qavs ichidagi sinonimlar topib qo‘ying.
1. Kasalxonada bemor ko‘p bo‘lganligi sababli bo‘sh joy yo‘q edi. 2. Ishyoqmaslikdan ortiq azob yo‘q. 3. Tabiat qasr emas, ishxonadir, inson esa uning mehnatkashidir. 5. Tilingda boling bormi? 6. Oftob nurlarini ayamay sochar edi. 7. Samoning rangi ko‘m-ko‘k, qarasang ko‘zlaring dam oladi.
(yalqovlik, quyosh, asal, osmon, odam, shifoxona)
Do'stlaringiz bilan baham: |