Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llanilish davri chegaralangan leksika.
- Betaraf leksika.
Nazariy ma’lumot:
O‘zbek tili leksikasi ikki qatlamga bo‘linadi: a) qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika; b) qo‘llanilishi chegaralangan leksika. Qo‘llanilishi chegaralanmagan (umumiste’mol) leksika. O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini ana shu qatlam tashkil etadi. Qo‘llanilishi chegaralanmagan leksemalarni shu tilda so‘zlashuvchi kishilar, qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada Qo‘llanilishi chegaralangan leksemalarni ikki turga bo‘lish mumkin: a) qo‘llanilishi davrga ko‘ra chegaralangan leksika; b) qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksika. Qo‘llanilish davri chegaralangan leksika. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning barcha sohalarida u yoki bu darajada o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Bunday o‘zgarish tilning leksik sathida ancha sezilarli kechadi. Bunda to‘rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, allaqachonlar iste’moldan chiqib ketgan so‘zlar qayta «jonlanadi», «tiriladi», uchinchidan, yangi-yangi so‘zlar paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘zlar faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’noviy tabiatida o‘zgarish yuz beradi. Bu hodisalarning barchasi ma’lum bir obyektiv sabab asosida ro‘y beradi. Hozirgi tildagi eskirgan so‘zlar eski leksika, yangi so‘zning jami yangi leksika, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar betaraf leksika deb yuritiladi. Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1. Betaraf leksika. 2. Eskirgan leksika. 3. Yangi leksika. Betaraf leksika. Hozirgi o‘zbek tili leksikasining asosini betaraf leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol leksika, qo‘llanilishi chegaralanmagan leksika, faol leksika kabi atama bilan ham yuritiladi. Ammo bulardan neytral leksika atamasini ishlatish leksemani tarixiylik belgisi asosida tasniflash nuqtayi nazaridan to‘g‘riroq. Zero, na eskilik, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z faol yoki umumiste’mol bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sinus, kosinus, zaryad kabi leksemalar neytral leksika tarkibiga kiradi. Biroq ular faol ham, umumiste’mol so‘zlar ham emas. Demak, faol yoki nofaol, umumiste’mol yoki qo‘llanishi chegaralangan bo‘lishidan qat’i nazar, eskilik va tilimizga mansub barcha yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan leksema hozirgi o‘zbek tilining betaraf leksikasi deyiladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling