Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksika.
- Terminologik leksika
Yangi leksika tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘i sezilib turgan leksemalardir. Ular ilmiy terminologiyada neologizm deb yuritiladi. Yangi leksema va yangi so‘zni farqlash lozim. (Masalan, (kitobchi), (kompyutershunos), (zakovatchi) birliklari). Yangi leksika esa tilimizdan joy olgan yangi leksemadan tarkib topadi.
Yangi leksikani ikkiga bo‘lish mumkin: a) sof yangi leksema tilimiz uchun aslida begona, lekin unga endigina kirib kelib o‘rnashgan boshqa tilga xos leksik birlik (lizing, audit, market, test, internet va h. Yangi leksema, asosan, terminologik birlik. Yangi leksema davr o‘tishi bilan neytral leksika tarkibiga o‘tib ketadi. Masalan, yaqin vaqtgacha neologizm sifatida qaralgan kosmos, televideniye leksemalari bugungi kunda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotdi; b) faollashgan leksema yangi leksikaning turlaridan bo‘lib, ular iste’mol-dan chiqib ketgan va bugungi kunda qayta qo‘llanila boshlagan birliklardir. Hokim, viloyat, tuman, oqsoqol, sardor kabi leksema shular jumlasidan. Shuningdek, yangi ma’no kasb etgan birliklar ham yangi leksika tarkibida qara-lishga haqli: savdogar, tadbirkor, ishbilarmon, biznes va h. k. Faollashgan leksema sof yangi leksemadan farqli o‘laroq, o‘z qatlamga oid ham, o‘zlashma qatlamga oid ham bo‘lishi mumkin. Bu leksemaning umumiste’mol leksema sirasiga o‘tib ketishi juda tez yuz beradi. Qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksika. Qo‘llanilish doirasi chegaralangan leksikani uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) dialektal leksika; 2) terminologik leksika; 3) noadabiy leksika (argo va jargon). Dialektal leksika. Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos leksema dialektal leksika deyiladi. Ular ilmiy terminologiyada dialektizm deb yuritiladi. Misollar: kalapo‘sh (Buxoro) – do‘ppi, g‘o‘z (Xorazm) – yong‘oq, mishiq (Farg‘ona) – mushuk, poku (Samarqand) – ustara. Terminologik leksika. Terminologik leksikani ikkiga ajratish mumkin: 1) adabiy tilga mansub terminologik leksika; 2) dialektal terminologik leksika. Jargon ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi (frans. jargon). Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida sotsial guruhni tashkil etgan kishilarning, asosan, og‘zaki nutqida ishlatiladigan va ma’nosini boshqalar ko‘p hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Masalan, programmistlar jargoni, talabalar jargoni, mahbubslar jargoni, o‘g‘rilar jargoni, artistlar jargoni va h. Jargon umumxalq tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi hamda yasovchi vositalarining o‘ziga xos tarzda qo‘llanishi bilan farqlanadi: 1) talabalar jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), воздух (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), quloq (chaqimchi), chizmoq (qochmoq); 2) yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), крутой (ketvorgan), рисовка (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatmoq (aldamoq), стрелка (uchrashuv), tashlashmoq (tortishmoq), baks (dollar), muzlatmoq (harakatdan to‘xtatmoq); 3) harbiy xizmatchilar jargoni: dux (yangi kelgan askar), salyaga (bir-ikki oy xizmat qilgan askar), fazan (xizmatning yarmini o‘tagan askar) ded (xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), diskoteka (oshxona naryadi). Jargonlar tarkibi boshqa tildan olingan o‘zlashma birlik bilan boyib boradi. Tez-tez yangilari bilan almashib turadi. Ayrim soha vakillari va soha guruhlari nutqiy tejamkorlik, qulaylik uchun ham jargon qo‘llaydi. Jargonning kelib chiqishi, qo‘llanilishi, turi kabi masalalar – sotsiolingvistikaning o‘rganish manbai. Argo (fransuz. argot) ayrim professional yoki sotsial guruhning o‘ziga xos tili. Argo bir necha til unsurlaridan iborat qorishiq va ko‘p hollarda, boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon bo‘ladi. Argo nutqda kommunikatsiya predmetini sir tutish maqsadida qo‘llanadi: 1) o‘g‘rilar nutqida: mandarin (tilla), akula (panjarani kesish uchun moslama), kalamush (o‘z yaqinlarinikiga «tushadigan»), urkagan (tajribali o‘g‘ri); mahbuslar nutqida: maymun (oyna), shobla (qalloblar guruhi), bashli (pul) krokodil (qaychi), lebed (geroin), ment (militsioner), xafa qilmoq (zo‘rlamoq), pushka (pistolet). Argotizmlar turli koloniya, turma, guruh va hududlarda farqlanadi. Argo ham jargon kabi so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi. O‘zbek tilshunosligida jargon va argo ilmiy tadqiq qilinmagan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling