Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet6/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

2-mavzu. Matn: TIL - MILLAT KO‘ZGUSI


Nazariy ma’lumot: O‘zbek tili tarixi. O‘zbek tilining taraqqiyot
bosqichlari.
Ish yuritish: Tarjimayi hol.
Adabiy o‘qish: Til haqida maqollar. O‘zbek tili (Davlat tili) haqida
she’rlar.
Til - millat ko‘zgusi
Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne’matidir. Dunyoda har bir xalqning o‘z ona tili uning bebaho boyligi, iftixori hisoblanadi. Hikmatli so‘zlar, she’r-u dostonlar, qo‘shiqlar, avvalo millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi. Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so‘zlash, aloqa-munosabat vositasi bo‘lgani bois hamisha jamiyat ravnaqining asosiy mezonlaridan biri bo‘lib kelgan. Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi, aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi. Shu o‘rinda Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning «Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming-yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin» degan so‘zlaridan shuni anglab yetishimiz kerakki, til har bir millat madaniyatining o‘zagi, u xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydigan, birlashtiradigan, tarbiyalaydigan, o‘qitadigan, urf-odat, an’analarini saqlaydigan asosiy vosita ekanligini har birimiz chuqur anglab, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak. Bu bizning kelajak oldidagi vazifamiz va burchimizdir.


TIL TARIXI
Til – insonlar orasidagi aloqa vositasi, jamiyat a’zolarining fikrni ifodalashi va o‘zaro fikr almashishi uchun xizmat qiladigan vosita. Tilning tabiiy-ilmiy, diniydunyoviy talqinlari bor. Diniy talqinga ko‘ra, til ilohiy kuch tomonidan yaratilgan va hozirgi holicha insonga berilgan. Dunyoviy talqiniga ko‘ra, til hozirgi ko‘rinishi darajasiga yetguncha juda uzoq evolutsion jarayonlarni, ya’ni insonning o‘zining shakllanishi va takomillashuvi jarayonlari bilan teng davrni bosib o‘tgan. Ilm-fan inson tiliining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishi natijasida shunday xulosaga keldiki, til aloqa vositasi, nutq sifatida, shubhasiz, faqat inson miyasining mahsulidir. Ayrim boshqa jonivorlar, masalan, shimpanze, to‘tiqush, chug‘urchiqlar ham insonga xos tovushlar chiqarib "gaplashadi", hatto, ayrim hollarda jumla va iboralarni takrorlaydi. Biroq ular inson kabi gaplashishga qodir emas. Og‘zaki nutqqa o‘rganish – insoniyatning evolutsion taraqqiyotida hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Nutq qobiliyati unga inson sivilizatsiyasi asoslarini qurish imkoniyatini yaratdi. Dastlabki inson jamoalari og‘zaki nutqni birgalikda harakat qilish, mudofaa, umuman, faoliyatning hamma turlarida hamjihatlik ko‘rsatish, hamkorlik qilish, buyruqlarni ifodalash maqsadiga qaratganlar va bundan uzoq vaqt samarali foydalanganlar. U paytlardagi inson tiliining so‘z boyliklari ko‘p miqdorda bo‘lmasa-da, davr o‘tishi bilan, ayniqsa, kishilar, jamoalar bir-birining tilini boyitish imkoniyatlari tufayli u tobora boyib, takomillashib bordi. Chinakam ommaviy nutq yuzaga keltiruvchi har bir kishining nutqiy tajribasi juda qisqa va o‘tkinchi bo‘lgan, ya’ni vafot etishi bilan uning tajribasi ham o‘lgan. Bir kishining nutqi insoniyatning umumiy mushtarak nutqiy tajribasi sifatida avloddan-avlodga o‘tib, avval og‘zaki, keyinchalik yozma ko‘rinishini kasb etguncha juda uzoq zamonlar o‘tgan. Biroq til og‘zaki va yozma nutq sifatida to‘la shakllangach, u insonning ham jismonan, ham ijtimoiy jihatdan juda tez taraqqiy etishini ta’minladi. Til tufayli insoniyatning ijtimoiy hayoti, uning naslining miqdoriy jihatdan o‘sishi ham aql bovar qilmas darajada ilgarilab ketdi. Bir vaqtlar tropik o‘rmonlarda oddiy tirikchilik uchun jon berib, jon olib yurgan odamzod nutq sharofati bilan zaminning yakka-yu yagona egasiga aylandi. Ibtidoiy odamlarning dastlabki muomala vositalari va so‘zlaridan tortib, tilning bugungi darajasiga yetguncha insoniyat 3 mln. yildan kamroq masofani bosib o‘tdi. Shakllanish, taraqqiy etish va takomillashish jarayonlarida tillar, dastlab, ko‘proq mushtaraklik vazifasini bajargan, ya’ni bugungi kunda turli tillarda gaplashayotgan millat va elatlar, avvallari bir-birini tushunadigan bir tilda gaplashgan, vaqt o‘tishi bilan, turli-tuman obyektiv sabablar tufayli, ular bir-birlaridan uzoqlashib, tillari o‘zaro farqlanadigan shaklga kelgan. Tillarning bunday ajralish jarayoni (differensiatsiya) natijasida ko‘pchilik uchun mushtarak aloqa vositasi bo‘lgan bir tildan keyinchalik bir necha til yuzaga kelgan. Hozir tilshunoslikda turkiy tillar deb yuritilayotgan tillar bir-biridan nafaqat uzoqlashish, ajralish xususiyatiga, balki bir-biriga yaqinlashish, bir-birini boyitish xususiyatiga ham egadir. Tilning kelib chiqishi va evolutsiya bosqichlari haqida turli xil ilmiy farazlar ilgari surilgan. Ulardan ayrimlari, til tovush tili sifatida yuzaga kelgan desa, boshqalari til dastlab imo-ishora tili ko‘rinishida bo‘lgan deydi.Til odamlar orasida aloqa vositasi sifatida ehtiyoj tufayli tabiiy suratda vujudga kelgan (Aflotun), o‘zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o‘zlari yaratganlar (Demokrit), til ilohiyot tortig‘i (“Injil”,”Qur’on”) kabi qarashlar ham bo‘lgan. Til, shubhasiz, jamiyatda ijtimoiy mehnat, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan muayyan jamoa, odamlar guruhi yoki alohida shaxs faoliyatini muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Til va tafakkur o‘zaro ajralmas, chambarchas bog‘liq hodisalardir. Lekin ularning ikkovi bir narsa emas. Til tafakkurning ifoda shakli va yashash tarzi sifatida inson ongining shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling