Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Nаmunа Tаrjimаyi hоl
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
Nаmunа
Tаrjimаyi hоl Mеn, Fаyzullаyеv Аlishеr Bаhоdirоvich, 1987-yilning 20-аprеlidа Jizzаx shаhridа, xizmаtchi оilаsidа tugʻildim. Оtаm - Fаyzullаyеv Nаrzullа, Jizzаx dаvlаt pеdаgоgikа institutidа o‘qituvchi, оnаm – Kаrimоvа Sаlimа sаvdо tizimidа sоtuvchi bo‘lib ishlаydilаr. Оpаm – Fаyzullаyеvа Gulnоzа mаktаbdа o‘qituvchi bo‘lib ishlаydi. Аkаm – Fаyzullаyеv Shuhrаt – Sаmаrqаnd iqtisоdiyot vа sеrvis institutining II kurs tаlаbаsi. Ukаm - Firdаvs 7-sinfdа, ukаm - Jаhоngir 2-sinfdа o‘qiydilаr. 1994-yildаn 2004-yilgаchа Jizzаx shаhridаgi 7-mаktаbdа o‘qidim. Mаktаbdа sinf dеvоriy gаzеtаsi muhаrriri bo‘ldim. Kimyo vа biоlоgiya fаnlаrigа judа qiziqаmаn. Biоlоgiya fаni bo‘yichа vilоyat оlimpiаdаsidа gʻоlib chiqib, O‘zbеkistоn Xаlq tа’limi vаzirligining fаxriy yorligʻi bilаn tаqdirlаndim. O‘rtа mаktаbni tаmоmlаgаch, 2004-yildа Tоshkеnt dаvlаt tibbiyot institutining Dаvоlаsh fаkultеtigа o‘qishgа kirdim. Hоzirdа institutning ikkinchi kurs tаlаbаsimаn. Fаkultеt vа institut jаmоаt ishlаridа fаоl qаtnаshаmаn. “Kаmоlоt” Yoshlаr ijtimоiy hаrаkаti а’zоsimаn. Bo‘ydоqmаn. Mеning turаr jоyim: Tоshkеnt shаhri,Tаmаrаxоnim ko‘chаsi,5-uy 2005-yil 5-sеntabr (imzо) А.Fаyzullаyеv Adabiy o‘qish: Achchiq savol berib, shirin javob kutma. Achchiq til — zahri ilon, chuchuk tilga — jon qurbon. Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq. Yomon so‘z egasiga qaytar. Yomon so‘zlab sovutma, jon og‘ritib ovutma. Ochiq til osh yedirar, achchiq til — tosh. Yomon gapning oyog‘i olti. Zahar til suyakni yorar. Aytilgan so‘z — otilgan o‘q. Anjom uy ziynati, so‘z inson ziynati. Ariqni suv bezar, odamni — so‘z. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. Muhammad Yusuf Ona tilim Garchi zug‘um qilganlarni yoqtirmadim, She'r yozdimu bo‘lak ishni qotirmadim. Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag‘ri-dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim, Parovozni hansiratgan bug‘doylarim, Oltinlarim, ma'danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, O‘zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar, Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta, Katta millat — Afandisi yo‘kdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda, Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Sen bo‘lmasang nima bizga sillik she'rlar, Bu dunyoda tili yo‘kda dil yo‘q derlar, Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim. Bir qarasam har shevangda ming jilolar Har novdangda, har mevangda ming jilolar. Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar, Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan-yilim, Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling