Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


Download 0.87 Mb.
bet11/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

1-topshiriq. Kitob mutolaasi haqidagi 10 ta fakt bilan tanishing.
1. Mutolaa nigohni o‘tkirlashtiradi. Mutolaa sababli atrof olam va undagi odamlarga o‘zgacha nazar bilan qarab, ularni tushuna boshlaysiz. Agar qo‘lingizga yaxshi kitob tushib qolsa, uni takror va takror o‘qisangiz, har gal yangi narsani kashf qilasiz.
2. Mutolaa badantarbiyadir. Kitob mutolaa qilar ekansiz, undagi voqealar, obrazlarni tasavvur qilasiz. Fikrash faoliyati tezlashadi, bu esa miya uchun gimnastikadir.
3. Mutolaa atrof-muhit uchun zararsiz. To‘g‘ri, kitob tayyorlash uchun daraxtlar kesiladi, biroq kitob sizga foyda keltirsa, demak kesilgan daraxt behuda ketmagan. Bundan tashqari, kitob o‘qish uchun elektr energiyasidan, batareykadan foydalanilmaydi.
4. Mutolaa muloqot qilishga o‘rgatadi. Kitobdagi voqealarni suhbatdoshingizga gapirib berib, qahramonlarning hissiyotlari bilan bo‘lishsangiz, do‘stlaringiz bilan muloqotingiz qizg‘in o‘tadi.
5. Kitob mutolaasi bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazishingiz uchun ajoyib imkoniyat. Kitoblarga ixlos qo‘ysangiz, ular hech qachon joningizga tegmaydi. Axir ularning xili, yo‘nalishlari juda ko‘p. Xohlaganingizni topib o‘qishingiz mumkin.
6. Kitob mutolaasi osoyishtalik baxsh etadi. Bolalarning shovqinsuronli o‘yinlaridan ko‘ra kitob o‘qishlari afzalroq. Hech kimga xalal bermaydi.
7. Kitob mutolaasi cho‘ntak uchun hamyonbop. Birinchidan, kitoblarning narxi kompyuter o‘yinlaridan ko‘ra arzonroq. Ikkinchidan, tanishlaringiz qiziqishingizni bilsalar, sizga sovg‘a tanlashda qiynalmaydilar. Uchinchidan, kitob mutolaasi uchun hamisha kutubxonalardan foydalanish ham mumkin.
8. Mutolaa diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi. Kitobni musiqa ostida ham, biror narsa bilan mashg‘ullik paytida ham o‘qish mumkin. Ha, haqiqiy kitob shinavandalari atrofdagi shovqinga ahamiyat bermay o‘qishni biladilar.
9. Kitobning qomatga ta’siri. Shubhasiz kitobning qomatga ta’siri bor ekan. Kuzatishlar natijasiga ko‘ra, zerikkan insonda ko‘p ovqat yeyishga moyillik bo‘lar ekan. Binobarin, kitobxon odam ovqatni ortiqcha yemaydi. U kitobdagi voqealarga berilib, uzoq-uzoqlarga safar qiladi.
10. Kitob mutolaasi tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ota-onasining kitob o‘qiyotganini ko‘rgan bolalarda ham kitobga qiziqish kuchaya boradi. Bu esa o‘z navbatida bolaning dunyoqarashi kengayishiga sabab bo‘ladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling