Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialogik matn
Tavsifiy matn ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir.
1-topshiriq. Matn namunalarini o‘qib, mazmuni va tuzilishiga ko‘ra farqlanishini tushuntiring. Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, — dedi Navoiyga Badiuzzamon. — Iltifotingiz uchun tashakkur. Sizning ash’o- ringiz va Jomiy hazratlarining asarlari mutolaasidan ko‘nglimiz safoga to‘ldi. - Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir, — dedi Navoiy qiziqib. - Ammo yolg‘iz ash'or o‘qimoq kifoya qilmas. Tarix! Tarixni ko‘zdan kechirmadingizmi? - Ko‘ngil ash’orga ko‘proq moyil bo‘ldi. Fursat bo‘lsa, ta- rixni ham boshlagumdur,— javob berdi Badiuzzamon. -Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko‘p yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham hamma vaqt tarix o‘qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog‘liqdir. Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog‘ingiz kerak.. 5-mashq. Matnni o‘qing va unga nom bering. Alisher Navoiy (1441–1501) – mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek adabiy tilining asoschisi, olim, rassom, musiqachi, ulkan adabiy meros sohibi. Bu nom butun dunyo xalqlari tarixida ma’naviy rivojlanishning ulkan bosqichi ramzi hisoblandi. Navoiy XV asr O‘rta Osiyo ma’naviy hayotiga jon bag‘ishlagan nazmiy va nasriy asarlar, ilmiy mushohadalar muallifidir. U turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Navoiyning “Xazoyin-ul-maoniy” devonidan 2500dan ortiq g‘azal jamlangan 4ta – “G‘aroyib us-sig‘ar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoye’ ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar” devonlari o‘rin olgan. Navoyining yana bir buyuk asari “Xamsa” hisoblanib, unga “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabba’i sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlari kiradi. Hazrat Navoiy asarlari dohiy ijodkor, buyuk qalb egasining ko‘ngil mulki va xalqimiz ma’naviyatining buyuk ustunlari sifatida asrlar osha avlodlarga xizmat qiladi. Dialogik matn Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi maz-munlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tash-langan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalil-lar bilan xulosalanadi. Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yukla-malar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. ▲2-tоpshiriq. Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida matnni tahlil eting. Tahlilda quyidagilarga e’tibor bering: – ushbu dialogik matn necha a’zoli; – matnda ifodalangan fikr; – matnni shakllantirgan leksik vositalar; – matn gaplarining tuzilishi. – Shu, deyman, Toshpo‘lat, sen menga mundoq xushomad qilsang-u Xolidaga uylansang nima bo‘larkan? - deb hazillashdi Samad. - U mening jiyanim, sen mening do‘stim, begonaga uzatgandan ko‘ra... – Senga xudo bas kelsin, oshna, - dedi G‘aybarov- Esing joyidami yo meni uyingga kelmaydigan qilmoqchimisan? – Nega, qarindosh bo‘lsak yomonmi? – Xolida hali yosh-ku?.. - Ma’suma bu gap og‘zidan qanday chiqib ketganini payqamay qoldi. Labini tishladi. G‘aybarovga zimdan razm soldi: yo‘q, og‘rinmadi, tusi o‘sha-o‘sha... – Hazil, - deb kuldi Samad. - Darvoqe, Toshpo‘lat, ko‘pdan beri so‘ramoqchi bo‘lib yuraman, haliyam Galatepaga ko‘milishim shart, deb o‘ylaysanmi? – Harholda, tug‘ilgan joying... Murod Muhammad Do‘st Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling