Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot


-mavzu. Matn: SPORT – SALOMATLIK GAROVI


Download 0.87 Mb.
bet94/108
Sana25.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1721865
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108
Bog'liq
O\'zbek tili fanidan mavzular

15-mavzu. Matn: SPORT – SALOMATLIK GAROVI


Nazariy ma’lumot: Matnshunoslik. Matn haqida ma’lumot. Mikro va makromatnlar. Dialogik va monologik matn.
Ish yuritish: Shartnoma.
Adabiy o‘qish: Zulfiya she’rlari.


Sport-salomatligimiz garovi
Dangasalik odamni buzilishga, kasalliklarga olib keladi (Beruniy)
Sport qadimdan inson hayotida muhim o‘rin tutgan. Qadimgi Misrda sportning ayrim turlari 4 ming yil avval mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumot bor. Qadimgi sharqda hatto ayollarning har tomonlama bilimli, kuchli bo‘lib yetishlariga jiddiy e’tibor berilgan. Har bir davlat boshlig‘i, albatta, yetakchi sarkarda bo‘lishi ham shart hisoblangan. Tarixda o‘chmas iz qoldirgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Boburlar shunday hukmdorlar edi.
Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiyadir.
Mo‘tadil ravishda o‘z vaqtida badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi odam kasalga chalinmaydi.
Badantarbiya tug‘ma issiqlikni oshiradi, tanaga yengillik beradi. Chunki u yengilgina issiqlik paydo qiladi, tanada to‘planuvchi chiqindilarni yo‘qotadi.
Badantarbiya turlariga kelsak, ular quyidagilar: yengil harakatlar bilan turli mashqlarni bajarish, yoydan o‘q otish, tez yurish, nayza otish, osilish, bir oyoqda sakrash, ikki qo‘lini silkitish, bu vaqtda odam oyoq uchlarida turib, qo‘llarini oldiga va orqaga cho‘zib harakat qiladi. Bular tez harakatlar jumlasidandir.
Badantarbiya bilan shug‘ullanuvchi avvalo gavdasini tayyorlash uchun oldin gavdani qattiq mato bilan ishqalashi kerak.


Nazariy ma’lumot:
Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘lishidan qat’i nazar, ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik.
Har qanday og‘zaki va yozma nutq parchasi matn (makro matn) hisoblanadi. Matn mikro matnlarning o‘zaro mazmuniy va grammatik bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikro matn hisoblanadi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makro matn deyiladi. Masalan, Abdulla Qahhorning «O‘g‘ri» hikoyasida ishtirok etgan barcha mikromatnlar «o‘g‘irlik» umumiy mavzusi ostida birlashgan. Matnning eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat: bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so‘zlar, takroriy bo‘laklar, olmoshlar, sinonimlar. Karimjon a’lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. U jamoat ishlarida ham faol qatnashadi.
Matn tarkibidagi ikkinchi gap boshida kelgan u olmoshi birinchi gap tarkibida kelgan Karimjon o‘rnida kelib, ikkinchi gapni birinchi gapga mazmunan bog‘lab keladi. Shuning uchun ham u olmoshi matn qismlarini bog‘lovchi, ya’ni matn hosil qiluvchi vosita sanaladi. Mikro matnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir, chunki u ham gaplarni bog‘lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi. E’tibor bering: Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do‘stlarim ham pana-panada Iste’dodim so‘nganidan qilar karomat. (A. Oripov) Takrorlar gap oxirida qo‘llanilishi ham mumkin. Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho Band etgan xayolimni Tengsiz shul chaman tanho, Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q, Onajonim, she’riyat, Topgan toj-taxtim mening, Jonajonim she’riyat. (A. Oripov)

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling