Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Publitsistik uslub Publitsistik uslub
- Rasmiy uslub
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
▲ 2- tоpshiriq. Mutaxassisligingizga oid darslikdan o‘tilgan mavzudagi biror parchani tanlab, daftaringizga ko‘chiring. Undagi atamalar va tayanch so‘zlarning ma’nosini ilmiy uslubda izohlang. Publitsistik uslub Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o‘tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulo haza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi. Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi. Rasmiy uslub Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi deb ham ataluvchi bu uslub ma’muriy-boshqaruv tizimi(Vazirlar Mahkamasi, vazirlik, Oliy Yig‘ilish, boshqarma, hokimiyat va boshqa tashkilotlarning ma’muriyati, soliq, moliya, huquqiy-tartibot organlari hamda boshqa joylar)da ko‘p ishlatiladi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi hozirgi o‘zbek adabiy tilining ma’muriy va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko‘rininshidir. Qonunlar matni, prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, hokimliklar qarorlari, tashkilotlar buyruq, farmoyish va qo‘llanmalari, shartnomalar, ijozatnomalar, aktlar, har xil rasmiy hujjatlar, yuridik xarakterdagi og‘zaki axborotlar, ma’lumotlar rasmiy-idoraviy uslubda tayyorlanadi. Bu uslubda jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar, dialektizimlar, emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlar deyarli ishlatilmaydi. Bu narsa tanlangan so‘zlarning va hatto gap qurilishining rasmiy munosabatini ifodalashga bo‘ysundirilganligi bilan izohlanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling