Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
-mavzu. Matn: SALOMATLIK – TERAN BOYLIK
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
14-mavzu. Matn: SALOMATLIK – TERAN BOYLIK
Nazariy ma’lumot: Uslubshunoslik. Ish yuritish: Hisobot. Adabiy o‘qish: Hamid Olimjon she’rlari. Salomatlik – teran boylik Xalqimiz bejizga “Salomatlik yarim boylik” deb bekorga aytmaydi. Inson uchun sog‘lik-salomatlik eng muhim hisoblanadi. Insonga hayotdagi har qanday yaxshi holatlar ya’ni shodlik, baxtli kunlar, go‘zallik, rohatlanish-bularning barchasi odamzod sog‘lom bo‘lsagina unga tatiydi. Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sinoning mashhur “Tib qonunlari” asari salomatlikni saqlash va mustahkamlash g‘oyalari asosida yozilgan. Alloma insonlar o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit bilan muloqotda bo‘lishini va tashqi muhit omillari, o‘z navbatida, uning salomatligiga ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tgan. Ulug‘ hakim salomatlikni saqlashda jismoniy faollik muhimligini alohida qayd etib, tartibli hayot tarzi omili sifatida jismoniy mashqlar, ovqatlanish tartibi va uyquni qayd etgan. U bunday yozadi: “Me’yorida va o‘z vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan inson hech qachon davolanishga muhtoj emas”. Tibbiyot fani ulkan yutuqlarga erishgan bugungi kunda ham olim qoldirgan tavsiyalar, u yaratgan “Tib qonunlari” uzoq asrlardan buyon insoniyatga xizmat qilib kelayotgani bejiz emas. Sog‘lom turmush tarzi to‘rtta alohida dasturdan iborat. Birinchisi, oqilona ovqatlanish. Har bir kishi kuniga besh mahal, o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanishi shart. Ikkinchisi, jismoniy harakat. Har bir kishi o‘zi uchun jismoniy harakat dasturiga ega bo‘lishi lozim. Organizm holatiga qarab, kimgadir har kuni piyoda yurish, kimgadir suzish tavsiya qilinadi. Uchinchisi, ruhiy-hissiy salomatlik. Bu o‘rinda har bir sog‘lom kishi individual antistress dasturdan foydalanadi. Dasturga asosan, odamning his-tuyg‘ulari qattiq nazorat qilinadi. Uning nimadan hayajonlanishi yoki qanday ishlarni bajarsa kamroq ruhiy zo‘riqishi aniqlanadi va bularni e’tiborga olgan holda foydali tavsiyalar beriladi. To‘rtinchisi, reproduktiv salomatlik. Bu dasturga asosan, ayollar homilador bo‘lishidan oldin sog‘lig‘i har tomonlama tekshiriladi. Farzand ko‘rish vaqti, umri mobaynida nechta farzand ko‘rishi mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi. Albatta, mana shu bosqichlarga amal qilsak go‘zal va sog‘lom hayot kechiramiz. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling