Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa.
2-mashq. Gaplarni ko‘chiring va buyruq mazmuni qaysi shaxsga qaratilganini ayting.
1.«Hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin»,- dedi SHoikrom ko‘zlari yonib. 2.Oyim ketimdan mashinaga kuzatib kelib: «Bobong bilan tog‘anggga ko‘pdan-ko‘p salom ayt. Boriboq xat yoz. Uch-to‘rt kunda qaytgin. Yo‘lda ehtiyot bo‘l!»-deb tayinladi. 3.Oz so‘zla, ko‘p tingla. 4.Hurmatli yo‘lovchilar, chipta olishni unutmang. 5.Bugungi ishni ertaga qo‘yma. 3-mashq. Quyidagi gaplardagi kesimlar qaysi so‘z turkumi orqali ifodalangan. 1.O‘zbekistonning poytaxti-Toshkent. 2.Tanlovda ToshPTI talabasi Maqsudova CHaros g‘olib chiqdi. 3.Toshkentda pediatr-shifokorlarning ilmiy-anjumani bo‘lib o‘tdi. 4.Nafsni tiyish va dam olish-barcha dorilarning eng yaxshisidir. 5.Taomning eng yaxshi qaylasi-ochlik (Suqrot). 6.Bahorda qir-adirlar, tog‘lar ko‘m-ko‘k. 7.Ikki karra ikki-to‘rt. 8.SHirinlik-tishning dushmani, achchiq-me’daning do‘stidir. 9.CHoy tanin moddasiga boy. 10.Xalq tibbiyotida shaftoli guli surgi dori sifatida ishlatiladi. 4-mashq. Keltirilgan misollardagi payt holi va o‘rin hollarini topib, qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. 1.Erta turganga soz havo, kech turganga ne ravo. 2.Bu-yil O‘zbekiston mustaqil bo‘lganiga 15-yil to‘ldi. 3.Koreyalik bir guruh shifokorlar institutimizga tashrif buyurdilar. 4.Bahorda hamma qirga lola sayliga boradi. 5.Institut hovlisida «Navro‘z» bayramiga bag‘ishlangan konsert bo‘ldi. 6.Keng dalalarda paxtalar chaman bo‘lib ochilib yotibdi. 7.Kecha o‘zbek tilidan imtihon bo‘ldi. 8.YAqinda Toshkentda pediatrlarning anjumani bo‘ladi. 5-mashq. Gaplardan birinchi darajali gap bo‘lagini aniqlang. 1. Kеchagi kinо namоyish qilindi. 2.Hоsilning оtasi – suv, оnasi – yеr. 3.Bizda оdat mana shu edi. 4.Yolg`оnchining rоst so`zi ham yolg`оn bo`lur. 5. So‘ramoq – oson ish, javob bermoq – mushkul. («Qutadg‘u bilig»dan) 6.Halimning ukasida qiziqarli kitoblar ko‘p. 7. Odamlarda g‘ayrat va tashabbus yashnab ketdi. 8. Mеn talabaman, оpam – tikuvchi. 9. Bizning zarbimizga dushman dosh berolmay qoldi.10.Soyning suvini bahor toshiradi, odamning aqlini bilim oshiradi. 6-mashq. Quyidagi gaplardan ikkinchi darajali gap bo`laklarini aniqlang. 1.Biz Cho‘lponning kamtar, mehribon, ezgu niyatli inson bo‘lganligini bilamiz. (N. Karimov) 2. Oyim bolaligimdagi kiyimlarimni saqlab qo‘ygan edi. 3. Sen unga mavzuni tushuntirib berib tura qolgin.4.Ko‘ngil chopmagan ishni qilish — xatar. 5. Fisq-fasod – qut-saodat dushmani. 6. Tamagirlik — kishining boshiga bitgan balo. 7.Ko‘p so‘zlash – donolik belgisi emas. U ezmalik alomati. 8. G‘uv-g‘uv shamol derazaga, eshikka uriladi. 9. Biz to`kilgan paхtalarni tеrdik. 10. Kattaga hurmatda bo`l, kichikka – izzatda. Uyga vazifa. Gap bo`laklarini aniqlang. 1.Kuch bilim va tafakkurda. 2. Ko`rib chiqdi uni barcha: Odil, Halima. 3. Yo Shahobiddin, yo siz so`zga chiqasiz. 4.Daraxtdagi sa`va, bulbul, mayna va boshqalar unga jo`r bo`ladi. 5. O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir. 6. Maktab – ilm o`chog`i. 7. Bu yer o`yingoh ekan. 8. Men yo`lovchidan Akbaralining uyini so‘radim. 9. Musulmon gunoh ishlardan o‘zini tiyar, yomonlik qilganga yaxshilik qilar.10. Paхta va tilladan yurt bеzanadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling