Matn: yangi o‘zbekistonda el aziz, inson aziz nazariy ma’lumot
Download 0.87 Mb.
|
O\'zbek tili fanidan mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- tоpshiriq
Badiiy uslub
Badiiy uslub kishi hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi, umuminsoniyatga xosligi, barchaga barobarligi, o‘quvchi yoki tinglovchiga hissiy-estetik ta’sir etishga yo‘naltirilganligi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning leksik va grammatik vositalardan ustalik bilan va ijodiy foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo‘llashi yoki o‘zi yangilarini yaratishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni obrazli ishlatishdan tashqari o‘ziga xos so‘z va iboralar ham ijod etadilar. Badiiy nutqda til obraz, xarakter, manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Bu uslubda har bir yozuvchining voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijod usuli, poetik mahorati badiiy nutqning janr xususiyatiga muvofiq tarzda bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra badiiy nutq uslubi nisbatan keng imkoniyatlarga ega o‘ta qamrovli va boy nutq ko‘rinishidir. Barcha turdagi san’at va adabi-yot asarlari shu uslubda yaratiladi. 1-mаshq. Quyidagi kitoblardan qaysi birini mutolaa qilgansiz? Ularning ichida o‘qigan kitobingizni badiiy uslubda sharhlang. ▲ 3- tоpshiriq. O‘zbek adibi Abdulla Qahhorning adabiyot haqida yozganlarini o‘qib, ularni qanday tushunganingizni gapirib bering. Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli ekaniga bog‘liq. Adabiy asar yozish uchun, hech shubhasiz, talant kerak, lekin yozilgan narsani o‘chirish, kitobxonga zarur gaplarnigina qoldirish uchun talantning o‘zi kifoya qilmaydi, insof ham kerak. Yozuvchini hech qachon hech kim ko‘tarmaydi. Yaxshi yozuvchini yaxshi asarlar ko‘taradi, yaxshi yozuvchi ko‘tarilib ketganini hatto o‘zi ham bilmay qoladi. Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi. Bundoq asarga hech qanaqa g‘oya, muhim mavzu jon kirita olmaydi. Yozuvchilikning boshqa hunarlardan farqi — yozuvchi o‘zini o‘zi operatsiya qiladi: yozganini qisqartirib tashlay oladi. Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan g‘o‘za ichiga qamab bera biladi... Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling