Matnli axborotlarni kodlash


Download 1.46 Mb.
bet2/4
Sana23.10.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1716621
1   2   3   4
Bog'liq
Matnli axborotlarni kodlash

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Morze
Shifrlash

Kodlash turlari

Matnli axborotlarni kodlash usullari.

Hayotda axborotni kodlashning ko’pdan-ko’p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo’llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o’ylab topgan. Kodlashning bu usuli o’rin almashtirish usuli deb ataladi

«Sezar shifri»


Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o’ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o’zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usuli deyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.

Matn:

«Sezar shifri» usuli qo’llanilganda:

«O’zbekiston—kelajagi buyuk davlat»

« Ashfhnlvxrq—nhoemejl fyo’yn gezoex»

Ssital va Sezar usullari tekis kodlash usuliga misol bo’ladi.

Morze

Samuel Morze


Mashhur ixtirochi, rassom, elektromagnitli yozuv telegrafi (Morze uskunasi) va Morze kodi (alifbosi) ixtirochisi Samuel Finli Briz Morze (1791-1872) amerikalik ixtirochi va tadbirkor Alfred Veyl bilan harflari nuqta va chiziqlardan iborat uzatish tizimini ishlab chiqdi. Bu dunyo bo’ylab Morze kodi nomi bilan mashhur bo’ldi. 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan.
Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketma-ketligi kod sifatida mos qo’yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo’shliq, pauza bilan ifodalanadi). 1844-yil 24-mayda Vashington va Baltimor o’rtasida ilk bor Morze usulida “Sening ishlaring ajoyib, Rabbim!” matni yuboriladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling