Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va
Download 263.19 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ommabop (publitsistik) uslub
- Ilmiy uslub
- Ommabop (publitsistik) uslub
mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonatangidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligi: Ushbu matn ilmiy uslubning sof ilmiy uslub turiga mansub. O’ziga xos uslubiy vositalari: Atomlar, kimyoviy, zarra, modda, vodorod, kislorod, grafit, oltingugurt, metallar, temir, mis, magniy, karbonat angidrid, mis (II) oksidi. 2-mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligi: Ushbu matn publitsistik uslubning yozma shakliga mansub. O’ziga xos xususiyatlari: Kashf etilgunga qadar, har qanday, qabul qilish, vujudga kelish, vosita topshiriq. FSMU jadvalini tuzing. Bunda bеqiyos odob namunasi bu, avvalo, o‘qituvchining go‘zal nutqida o‘z ifodasini topadi, - dеgan fikrga asoslaning. F FIKRINGIZNI BAYON ETING O’qituvchi o’quvchi bilan muloqotda har bir o’quvchining qadr qimmatini inson sifatida hurmat qilishi, o’quvchiga nisbatan ishonchini dars va darsdan tashqari ishlarda muomala madaniyatiga rioya qilib o’rnak bo’lishi, har bir o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini uyg’otadi. Yaxshi rivojlangan nutq va muomala madaniyati kishining o’quvchilar ,hamkasblari va ijtimoy hayotda ham o’z o’rnini topishga imkon yaratadi. S SABAB KO’RSATING Masalan o’qituvchi haddan tashqari qo’pol va noma’qul so’zlarni ko’p ishlatsa o’quvchilarning u fanga ham o’qituvchiga ham bo’lgan munosabati salbiy bo’lib qoladi. M MISOL KELTIRING Maktabda o'quvchi mavzuni yaxshi tushunmagani sababli uyga vazifasinj bajarmay kelgan edi. O'qituvchi esa qo'pollik bilan "Nima men senga qayta qayta tushuntirib o'tiradigan bekorchimanmi? Boshimni qotirma darsda diqqatli bo'lib o'tir" deya urushib berdi. U FIKRINGIZNI UMUMLASHTIRING O’qituvchi bo’lishnii xohlagan har bir shaxs avvalo o’zining muomala madaniyatiga e’tibor berishi nutqini ravon qilib insonlar orasida kirishimli bo’lishi kerak . Zero, ularning har bir aytgan so’zi, xarakteri, muomalasi, xarakati yosh avlodga o’rnak bo’ladi topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib badiiy uslub, ilmiy uslub va publitsistik uslubning xususiyatlarini taqqoslang hamda tahlil qiling. Badiiy uslub 2. Ilmiy uslub Tahlil va taqqoslash 3. Ommabop (publitsistik) uslubBadiiy uslub Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi. Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi. Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi Ommabop (publitsistik) uslubTashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti. Tahlil va taqqoslash Hamma uslubda ham nuqtda foydalaniladi va hamma uslublar hayotimiz davomida kerak. Har uchala uslublar ham inson uchun axborot, malumot va kerakli bilimni bera oladi topshiriq. O‘zbekiston Respublikasida mavjud ommaviy axborot vositalari bilan tanishing. KLASTER
172 ta jurnal, 813 ta ommaviy axborot vositasi bor. O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari 562 ta gazeta, 4 ta axborot agentligi, 75 ta teleradiostudiya mavjud kabel telestudiyalar mavjud. Download 263.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling