Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi


Download 0.81 Mb.
bet18/20
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#253393
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5463146835134646340

Kontakt usulida ishlovchi quritgichlarning konstruksiyasi va ishlash prinsipi:

Tolalarni quritishda ichiga bug’, elektr isitgichi yoki yuqori haroratli issiqlik tashuvchi berilib devorlari isitiladigan roliklar ko’p ishlatiladi. Tolali to’qima materiallarini quritishda esa shu vazifani katta barabanlar bajaradilar. Ularning ishlash prinsipi bir xil bo’lishi uchun bunday mashinalarga misol sifatida barabanar quritish mashinasini ko’rib chiqamiz.

3.35-rasmda МСБ tipidagi barabanli quritish mashinasini sxemasi keltirilgan. Uning elementlarini nomlanishi quyidagicha:

1-mato; 2-germetlovchi devor; 3-bremza; 4-kompensator; 5-mato yo’naltiruvchi; 6-mato yoyuvchi; 7-baraban; 8-sovutish kamerasi; 9-ventilyator; 10-ventilitor; 11-mato taxlovchi.



3.35-rasm. MSB mashinasining sxemasi.


Ishlash prinsipi va tuzilishi:

МСБ tipidagi barabanli quritish mashinalari 1, 2 va 3 kolonnali bo’lishlari mumkin. Har bir kolonnaga 10 tadan quritish barabanlari shaxmat usulda joylashtirilganlar. Barabanlar devori zanglamaydigan po’lat markasidan tayyorlanadi-lar. Ularning ichiga isitish bug’i berilib, hosil bo’lgan kondensat olib chiqib ketiladi. Ho’l mato uni uzatish mexanizmlaridan bir tekisda o’tib, barabanlarni isigan yuzasi bilan to’qnashadilar, natijada matodagi suv bug’lanadi. So’ng sovutish kamerasida sovutilib chiqariladi.

Barabanlar o’rnatilgan germetik kamera ichidan hosil bo’lgan havo-bug’ aralashmasi 10 ventilyator yordamida tortib olinib, tashqariga chiqarib tashlanadi. Har bir kolonnadagi barabanlar bir yurituvchi yordamida harakatlanadilar, uning tarkibiga kiruvchi doimiy tokda ishlovchi elektrodvigatel esa material tezligini bir tekisda o’zgartirish imkonini beradi. 4 kompensator esa material tezligini bir xil bo’lishini ta’minlaydi va tezlik datchigi vazifasini bajaradi. 3.36-rasmda bir qolonna barabanlarigi bug’ bershi va hosil bo’lgan kondensatni olib chiqib ketish sxemasi keltirilgan. Ko’rinib turibdiki, bu mashinada bug’ berish va kondensatni chiqarish mashinani bir tarafidan bajarildi.

Sxema elementlarini nomlanishi:

1-quritish barabani; 2-bug’ trubasi; 3-kondensat trubasi; 4-zapor ventili: 5-kondensat o’tkazgich; 6- manometr; 7-saqlash klapani



8- berkitish ventili; 9-bosim regulyatori

3.36-rasm. Bug’ berish va kondensat chiqarish sxemasi.


Ishlash prinsipi:

2 bug’ uzatish trubasidan kelayotgan bug’ bosimi nazorat qilish armaturalaridan o’tib baraban sapfasi markaziy teshigi orqali baraban ichiga beriladi. Bug’ kondensatlanib o’z issiqligini baraban devorlariga berib qizdiradi. Hosil bo’lgan kondensat baraban ichidan sifon trubasi yordamida tortilib. 5 kondensat o’tkazgich orqali o’tib kondensat trubasi orqali mashinadan chiqariladi. Bu mashina 3-6 atm. bosimdagi bug’da ishlashga mo’ljallangan.

Bug’dan unumli foydalanish, ya’ni uni yo’qotlish xollarini oldini olish mashinaning bug’ berish va barabandan kondensatni chiqarish qismini konstruksiyasini mukammalligiga bog’liq.

3.37-rasmda shunday qismning konstruksiyasini va ishlash prinsipini anglatuvchi sxema keltirilgan



3.37-rasm. Barbanning bug’ uzatish moslamasining sxemasi.

, uning elementlarini nomlanishi quyidagicha:

1 gardish; 2-sapfa; 3-grafit halqasi; 4-sifon trubasi; 5-podshipnik; 6-zichlash korpusi; 7- shtir;


Ishlash prinsipi va tuzilishi:

2 sapfa quritish baraban tubiga payvandlangan bo’lib, 1 gardishga 5 podshipnik yordamida o’rnatilgan. Natijada baraban o’z o’qi atrofida aylanish imkoniga ega. Sapfa oxiriga 7 shtыrlar yordamida mashina gardishiga makamlangan 6 zichlagich korpusi biriktirilgan va unga barabandan kondensatni tortib oluvchi 4 sifon truba biriktirilgan. SHu zichlagich korpusi ichiga bug’ beriladi, va u 4 truba va 2 sapfa oralig’idagi halqasimon bo’shliqdan baraban ichiga kiradi.

Bu zichlash korpusidan bug’ni tashqariga chiqishiga 3 grafitdan yasalgan halqa-shayba qarshilik qiladi, chunki bug’ bosimi ta’sirida uning yuzasi zichlash korpus devoriga va sapfa devoriga siqilib turadi.

Misol tariqasida MSB - 3/180 mashinasining asosiy texnik ko’rsatgichlarini keltiramiz. (MSB -2-3/180- Mashina sushilno-barabannaya, 2x storonney sushki, imeet 3 kolonnы barabanov, rabochaya shirina mashinы 180 sm);

1. Mato tezligi - 32-160 m/min; 2. Mashinadagi mato uzunligi-61m; 3. 6 atm. bosim ishlatilgandagi mashina unumdorligi - 7645 m/soat; 4- Maksimal bug’lash qobiliyati - 2413 kg/soat; 5-Bug’ sarfi - 360 kg/soat; 6-1000 m mato uchun bug’ sarfi - 280 kg

Sanoatda, ayniqsa tolalar tasmasini quritishda, masalan nitron tolasini olishda konvektiv usulda ishlaydigan barabanli mashinalar keng qo’llaniladi. Bu turdagi mashinalar shtapel holdagi, tasma holatdagi tolalarni va matolarni quritishda, ularga kirishish imkonini beradi, natijada ularga kerakli kamkirishunchanlik xususiyati berilidi.



3.38-rasmda shunday quritish mashinasining sxemasi keltirilgan. Uning elementlarini nomlanishi quyidagicha:

3.38-rasm. Konvektiv usulda ishlovni barabanli qurituvchi sxemasi

1-Tola; 2-Quritgich devori; 3-yuzasi teshikli baraban; 4- To’sqich; 5-Kalorifer-havo isitgich; 6-Tola uzatuvchi konveyer.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling