Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi


Download 0,81 Mb.
bet5/20
Sana08.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#253393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5463146835134646340

LABORATORIYA MASHG’ULOTI – 7-8-9
Laboratoriya mashg’uloti mavzusi:

Trikotajni bo‘yovchi davriy ishlaydigan agregat
Ishning maqsadi:

– Davriy usulda ishlaydigan trikotaj bo’yash agregatini o’rganish;

– Uning tarkibi, tuzilishi, texnologik sxemasi va ishlash prinsipini o’rganish.
Ishning bajarilish tartibi:

Laboratoriya ishi rejaga asosan to’qimachilik materiallarini pardozlash korxonasi sharoitida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlar bevosita ishlab turgan mavzuga oid jihoz bo’yicha to’planadi.


Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jixozlar:

Ushbu laboratoriya mashs’ulotini bajarishda trikotaj pardozlash korxonasida ishlab turgan davriy usulda ishlaydigan bo’yash agregati, ejektor bo’yasg mashinalari kerak bo’ladi.


Umumiy ma’lumotlar:

Germaniyaning «Maschinen GmbH» firmasi matoni suyuqlik oqimida harakatlantiradigan traditsion korstruksiyali ejektr bo’yash mashinasidan tashqari matoni havo yoki bug’ aralashmasi oqimida harakatlantiriladigan ejektr mashinalar konstruksiya-sini va ularda har xil klassga mansub bo’yovchi moddalar bilan keng assortimentdagi tola va to’qimachilik yarim maxsulotlarini bo’yash texnologiyasini ishlab chiqqan. 3.19-rasmda shu firmaning THEN-AIRFLOW, AFE modelining texnologik sxemasi keltirilgan.



Tuzilishi va ishlash prinsipi:

Konstruksiya asosini avtoklav 2 tashkil qiladi. Uning ichida devori teshikli, teflondan tayyorlangan sirpanish tubi 3 o’rnatil-gan. Mato jgutini tanlangan tezlikda harakatlanishini ta’min-lovchi baraban 7 va oqim trubasi 12 avtoklv tashqarisida o’rnati-Boshqa konstruksiyalardan farqi shundaki uni tarkibiga havo filtri 10, havo xaydagich 13 va uni saplo bilan tutashtiruvchi truba kiradi. Ishlash prinsipidagi boshqa ejektr mashinalardan farqi mato jgutini oqim trubasi 12 da havoni bo’yovchi modda tomchilari aralashmasida harakatlanishidir. mato bo’yash vannasiga cho’kkan holda transportirlovchi blok tomon harakatlanadi. Yurituvchisi bor transportirlovchi blok 7 ajratish

3.19-rasm. Then-Airflow, AFE ejektr bo’yash mashinasining texnologik sxemasi

1-mato jguti; 2- avtoklav; 3-teflondan tayyorlangan sirpanish tubi; 4- sirkulyasiya sistemasi; 5-issiqlik almashtirgich; 6-bo’yash vannasi nasosi; 7-yurituvchili baraban; 8-qo’shimcha bachok, 9- bo’yash vannasi filtri; 10- havo filtri; 11-saplo; 12-oqim trubasi; 13-havo xaydagich.
Germaniyaning «Tiss» firmasini «eco Master» jihozi turiga kiruvchi MCD (Multi Contact Dying) mashinasi texnologik sxemasi 3.20-rasmda keltirilgan.

Avtoklav 1 po’latning zanglamaydigan markasidan tayyorlangan silindr bo’lib, uning ichiga devorlari teshik qilib bajarilgan mato to’plagich 2 o’rnatilgan. Avtoklavning yuqori bo’rtib chiqqan qismiga yurituvchidan harakat oluvchi baraban 4 va saplo 5 montaj qilingan. Agregat tarkibiga eritma tayyorlash baki 8, issiqlik almashtirgich 7 va nasoslar 6; 9 lar kiradi.



3.20-rasm. MCD ejektor bo’yash mashinasinig sxemasi

1-avtoklav korpusi; 2-mato to’plagich; 3-mato «jguti» 4-baraban; 5-saplo;
6-nasos; 7-issiqlik almashtirgich; 8-bak; 9-nasos; 10-filtr.
Bak 8 da tayyorlangan bo’yash eritmasi nasos 6 va 9 yordamida avtoklavga beriladi. Mato 3 ham jgut holatida mashinaga yuklanadi va yuklash lyuki germetik ravishda mahkamlanadi, shundan so’ng nasos 6 eritma sirkulyasiyasini boshlaydi. Eritma haroratini 95 0S to 1400S chegarasida bo’lishini issiqlik almashtirshich 7 jarayon programmasi asosida ta’minlaydi. Eritma sirkulyasiyasi davomida uni filtr 10 tozalab turadi. Bo’yash jarayonida zarur kimyoviy moddalar, to’qimachilik yordamchi moddalar nasos 9 orqali bak 8 dan sistemaga kiritiladi. Matoni 40-400 m/min tezlikdagi harakatini yurituvchiga ega baraban 4 ta’minlaydi. Saplo 5 ga berilayotgan eritma oqimi mato jgutini mato to’plagichga uzatadi, bu jarayonda mato jguti eritma bilan jadal ishlov oladi. Mashinada minimal bo’yash moduli 1:6 ta’minlanadi.

Mato jgutini baraban 4 dan va saplo 5 dan o’tish sxemasi 3.21-rasmda keltirilgan.



3.21-rasm. Mato «jguti» ni baraban va saplodan o’tish sxemasi

2-mato to’plagich; 3- mato «jguti»; 4-baraban; 5-saplo; 11-eritma uzatish trubasi; 12-yo’naltiruvchi tarnov.
Nasos 6 uzatayotgan eritma issiqlik almashtirgich 7 da kerakli haroratga erishib, truba 11 orqali saplo 5 ga keladi. Saploning markaziy teshigidan kelayotgan mato jgutini eritma oqimi, pastga yo’naltiruvchi tarnov orqali mato to’plagichga tushiradi. Firma mato to’plagich konstruksiyasini shunday ishlaganki, uni kengligi-ni regulirovkalab, hajmini o’zgartirish imkoni yaratilgan. Bir vaqtni o’zida mashinada 1 tadan to 8 tagacha mato jguti bo’yalishi mumkin, shunga qarab mato to’plagichlar soni 1 dan 8 tagacha bo’ladi. Bo’yash avtoklavi mato hajmi 100, 180, 250 kg. bo’lgan to’plagichlar blan jihozlanishi mumkin, shunga asosan agragatni har xil hajm-dagi avtoklavli turlari ishlab chiqilgan. Umuman olganda firma yuqlanadigan mato miqdori 100 kg. dan to 3000 kg. gacha bo’lgan agragatlarni ishlab chiqaradi. Bu har qanday mijozni ham talabi-ni qondiruvchi agragatni tanlab olish imkonini beradi.

3.22-rasmda matoni to’plagichga yo’naltirish sxemalari keltirilgan.



A B


3.22-rasm. Mmatoni to’plagichga yo’naltirish usullari

A-taxlagichsiz; B-taxlagichli. 1-mato jguti; 2-baraban; 3-saplo; 4-taxlagich.



Mato taxlagichdan foydalanilganda mato jguti mato to’plagich kengligi bo’yicha bir meyorda taqsimlanadi. 3.23-rasmda soploning sxemasi keltirilgan

3.23-rasm. Soplo sxemasi

1-mato jguti; 2-etitma berish shtutseri; 3-eritma oqish konussimon teshigi.
Shtutser 2 orqali soploga kirayotgan eritma konussimon tirqish teshigidan pastga oqadi, konusni diametri kichrayib borayotgani tufayli oqim tezligi oshib boradi va o’zi bilan mato jgutini tortadi. Konus uzunligi yarmidan kengayaboshlaydi va oqim tezligi shunga mos ravishda kamayib boradi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling