Mato va trikotajni bo‘yash uchun mo‘ljallangan zamonaviy laboratoriya uskunalari Ishning maqsadi


Download 0.81 Mb.
bet9/20
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#253393
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
2 5463146835134646340

A



V

3.26-rasm. Gul bosish vali tsilindrlarining turlari.

A-shponka uchun ariqchali; V-ichki yuzasi silliq.

Gul bosish valining kesimi.

1-shpindel; 2—silindr: 3-qog’oz: 4-shponka ariqchasi.
Matoga bir bezak tushiradigan gul bosish vallari aylanasining uzunligi o’zaro teng bo’lishi lozim ( odatda 330-800 mm.), ular orasidagi mavjud farq ± 0,2 mm. dan oshmaslishi lozim. Rasm (gul) raporti esa gul bosish vali aylana uzunligiga butun son marta joydanishi kerak. Valning yuzasi tekis oqartirilgan va gul bosadigan qismlardan iborat.
Kirzani yuvish va quritish uskunasi

Chexolsiz gul bosish usulida gul bosish jarayonidan o’tgan kirza yuvilishi, quritilishi va sovutilishi lozim, shundan so’ng u yana gul bosish jarayoniga qaytariladi. Bu vazifa gul bosish agregati tarkibiga kiruvchi maxsus uskuna yordamida amalga oshiriladi. Shunday uskunaga misol tarzida Rossiyada ishlab chiqarilgan MKS-120 uskunasinig texnologik sxemasi 3.27-rasmda keltirilgan.



3.27-rasm. MKS-120 uskunasining texnologik sxemasi



1-mato; 2-kirza; 3-gul bosish mashinasi; 4- yuzasiga rezina qoplangan val; 5-yuvish cho’tkalari; 6-siqish vali; 7-quritish cho’tkalari; 8-quritgich; 9-kompensator; 10-sovutgich; 11-kirzani mashina markazidan o’tishini ta’minlovchi rolik.
Gul bosiladigan mato ortiqcha bo’yoqni o’ziga oladigan kirza ustiga yotqiziladi. Gul bosish jaryonidan o’tgan mato 1 uni qurituvchi quritgichga yuboriladi, bo’yoq bilan yuzasi ifloslangan kirza 2 esa uni yuvuvchi uskunaga yo’naltiriladi. Bu uskuna tarkibiga kiruvchi yuzasiga ryezina qoplama kiygizilgan val 4 uning asosiy ishchi organ. hisoblanadi va u kirzadan harakat oladi. Uni atrofida uchta yuvish cho’tkalari 5, siqish vali 6 va quritish cho’tkalari 7 joylashtirilgan. Bu cho’tkalar kirza harakatiga qarshi tarafga o’zlarining shaxsiy yurituvchisi yordamida aylanadilar. Yuvish cho’tkalari kapron tolasidan, quritish cho’tkalari esa cho’chqa junidan tayyorlanadilar. Yuvish cho’tkalari purkagichlar bilan ta’minlangan bo’lib ulardan 50-60°C li suv kirza yuzasiga o’raladi.

3.28-rasm. Gul bosish agregatining texnologik sxemasi

1- mato o’rami; 2-mato yo’naltiruvchi roliklar; 3-chexol; 4- gul bosish bo’yog’i vannasi; 5- cho’tka; 6- gul bosish vali; 7-raklya; 8- gul bosilgan mato; 9-chexol; 10-kirza; 11-kirzani yuvish va suvsizlantirish uskunasi.
Gul bisish vali yuzasiga cho’tka 5 vannadan bo’yoqni olib surtadi. Raklya 7 esa uni faqat naqsh chuqurchalarida qoldirib, valni silliq joyidan sidirib vannaga tushiradi. Gul bosish valini gruzovikka siqilib turishi tufayli bo’yoq val naqishidan matoga o’tadi. Ko’rinib turibdiki mashinani ishlash printsipi Bell ixtiro qilgan mashina ishlash printsipiga mos keladi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling