Matritsalar ustida amallar. Texnologik matritsa


Download 0.64 Mb.
bet1/8
Sana13.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1771355
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5235565902623146740 (2)


  1. Matritsalar ustida amallar. Texnologik matritsa

Reja

    1. Matritsaga doir asosiy tushunchalar

    2. Matritsalar ustida amallar

    3. Texnologik matritsa tushunchasi

    4. Excelda matritsalar ustida amallarni bajarish

Tayanch soʻz va iboralar: matritsa, satr matritsa, ustun matritsa, satr-vektor, ustun-vektor, vektor komponenti, nol matritsa, teng matritsa, zanjirlangan matritsalar, kvadrat matritsaning bosh diagonali, diagonal matritsa, skalyar matritsa, birlik matritsa, transponirlangan matritsa, simmetrik matritsa, qiya simmetrik matritsa


Matritsa tushunchasi va unga asoslangan matematikaning “Matritsalar algebrasi” boʻlimi amaliyotda, jumladan, iqtisodiyotda katta ahamiyat kasb etadi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, aksariyat iqtisodiy ob’ekt va jarayonlarning matematik modellari matritsalar yordamida sodda va kompakt koʻrinishida tasvirlanadi.


Matritsa tushunchasi birinchi marta ingliz matematiklari U.Gamilton (1805-1865 y.y.) va A.Kel (1821-1895 y.y.) ishlarida uchraydi. Hozirgi kunda matritsa tushunchasi tabiiy va amaliy jarayonlarning matematik modellarini tuzishda muhim vosita sifatida qoʻllaniladi.

1-ta`rif. Matritsa deb ta satr va ta ustunga ega boʻlgan qavslar ichiga olingan toʻrtburchakli sonlar jadvaliga aytiladi.

Matritsalar lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. Masalan,





Matritsani tashkil qilgan sonlar uning elementlari deyiladi. Matritsa oʻlchami kabi yoziladi. Matritsaning satr, ustun kesishmasidagi element kabi belgilangan. Demak, 3-satr va 4-ustin kesishmasida joylashgan elementdir.


Ba'zida matritsalarni yozishda (...) qavslar oʻrniga [...] qavslar yoki ||...|| kabi belgilardan foydalaniladi.
1-misol. Quyidagi jadvalda iqtisodiyotning tarmoqlari boʻyicha resurslarning taqsimlanishi berilgan boʻlsin.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling