Matritsali protsessorlar
Fizik va texnik masalalarning deyarli barchasi massivlar yoki boshqa tartiblkangan strukturalarni ishlatilishini nazarda tutadi. Ko’pincha bir xil bo’lgan hisoblashlar turli xil ma’lumotlar to’plamlari ustida bir vaqtda bajarilishi mumkin. Bunday hisoblashlarni bajarish uchun tartiblanganlik va strukturalanganlik darajasi komandalarni parallel qayta ishlanishi va hisoblashlarni tezlatishda juda qulaydir.
Matritsali protsessor (array processor) bir xil turdagi ko’plab protsessorlardan tashkil topgan bo’lib, bir xil amallar ketma-ketligini turli ma’lumotlar bilan bajaradi. Bunday birinchi protsessor ILLIAC IV. Uni yaratishda dastlab har biri 8x8 (protsessor+xotira) matritsali 4 ta blokli sxema qurish rajalashtirilgan edi. Har bir blok uchun alohida nazorat bloki bo’lishi talab etiladi. U yuborgan komanda barcha protsessorlarda bir vaqtda bajariladi, shu bilan birga har bir protsessor o’zining xotirasidan foydalanadi (ma’lumotlarni yuklash initsializatsiya jarayonida bajariladi). Bunday, fon-Neyman prinsipidan farqli bo’lgan yechimni SIMD arxitekturasi deb nomlangan. Nazarioya va amaliyot bir-biriga mos kelmagan. Chunki bunday tizimni qurishning bahosi astronomik summa bo’lib ketgan. Natijada faqat bitta blok qurilgan, u QVV sonlar bilan 50mln amal/sek hisoblash bajargan. Agar 4 ta blokni ham qurib, ishga tushirganda 1 mlrd amal/sek tezlikka erishib, butun dunyodagi kopmyuterlarning barchasidan unumdorroq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |