Dasturlashtirish.
Multiprotsessorlarni dasturlashtirishda ikki xil modeldan foydalanish mumkin: ko’ppotoklilik – bunda har bir protsessorga bajarish potoki yuklanadi va axborot almashishda umumiy xotiradan foydalanishadi, message passing, bunda har bir protsessorda alohida jarayon bajariladi va o’zaro xabar uzatish orqali axborot almashadilar.
Ko’ppotokli dasturlashtirish ochiq, yopiq yoki avtomatik bajarilishi mumkin. Ochiq dasturlashtirish – tizimli API yordamida kompilyatsiyalanadigan tillar, mas, C/C++ bilan, interpretatsiyalanadigan Java va C# kabi tillarning konstruksiyasida bajariladi.
Yopiq dasturlashtirish – deklarativ, kompilyator direktivalari yordamida bajariladi. Avtomatik dasturlashtirish esa kompilyator tomonidan mustaqil bajariladi.
Multiprotsessorli mashinalar (SMP/UMA) 1990-yillarning boshida minisuperkompyuter sifatida, keyinchalik ma’lumotlarni qayta ishlash serveri sifatida ishlab chiqilgan. x86 arxitekturali Intel 80386, 80486 protsessorlari bazasidagi multiprotsessorlar (CompaqSystemPro) keng tarqalgan. Multiprotsessorli x86-serverlarga talab ortishi Intel tomonidan MultiProtsessor Specification standartini ishlab chiqilishiga olib keldi va uzoq yillar davomida qo’llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |