Matritsali protsessorlar


Download 318.02 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi318.02 Kb.
#202689
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Protsessorlar turlari. Matritsali va vektorli protsessorlar. Multiprotsessorlar ad5efe288a5306f174acb41963d746cf

Vektorli protsessor
Dasturiy nigohda qaraganda vektorli protsessor matritsali protsessorga o’xshab ketadi. Matritsali protsessor kabi u ham hisoblashda yuqori unumdorlikka ega, lekin undan farqli ravishda barcha qo’shish amallari konveyerli strukturaga ega bo’lgan qo’shish blokida bajariladi. Bunday asosda CRAY-1 kompyuteri ishlab chiqilgan.

Har ikkala tipdagi protsessorlar bir xil amalni bajaradi, misol uchun ikkita vektor elementlari juftlarini qo’shadi. Lekin, matritsali protsessorda qo’shuvchi elementlar soni massiv elementlari soniga teng bo’lsa, vektorli protsessor shartli registrlar to’plamidan iborat vektorli registrga ega bo’ladi. Bu registrlar xotiraga bitta komanda bilan joylashadi. Qo’shish komandasi bu vektorlar elementlarini konveyer strukturali qo’shish qurilmasiga yuklab qo’shadi. Natijada qo’shish qurilmasidan boshqa vektor chiqadi va vektorli registrga yoziladi yoki boshqa amal bajarish uchun operand sifatida ishlatiladi.



Hozirgi kunlarda matritsali protsessorlar ishlab chiqilmaydi, lekin ular asoslangan tamoyil hali ham ishlatiladi. Bunday g’oya Pentium IV ning MMX va SSE to’plamlarida mumltimediya dasturlarini tezkorligini oshirishda ishlatiladi.
CRAY vektorli kompyuterining protsessor platasi







Multiprotsessor
Multiprotsessor (ing multiprocessor, multiprocessing) – ko’pprotsessorli kompyuter tizimining bir sinfi bo’lib, bir nechta protsessorlar va ular uchun umumiy bo’lgan yagona adres muhitiga ega bo’lgan tizim. Flinn klassifikatsiyasi bo’yicha multiprotsessorlar MIMD sinfiga tegishli deb hisoblanadi. Multiprotsessorda bir jadvalli bitta OT (operatsion tizim) ishlatiladi.

Download 318.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling