Matritsali sintez reaksiyalari
Download 421.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqTirik organizmlar \'\'\'
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transkripsiya (RNK sintezi).
- Tayanch so‘zlar
genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda
tutilsa, 43=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan. Genetik kodning xususiyatlari: 1. Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi. 2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi. 3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin. 4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal. 5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi. Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodon lar dir (25-rasm). Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNKda saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o‘tadi. O qsilning tuzilmasi haqidagi axborot yadrodan sitoplazmaga i-RNK tomonidan o‘tkaziladi. DNK qo‘sh zanjirining bir qismi yoziladi va zanjirlarning birida komplementarlik asosida (A–U, G–S) RNK-polimeraza fermenti yordamida i-RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, shu matritsali zanjirdan i-RNK sintezlanadi. Aminokislotalar izchilligi to‘g‘risidagi axborot DNKdan i-RNKga ko‘chirilishi transkripsiya deyiladi (26-rasm). Translatsiya (oqsil sintezi). Bu jarayonda i-RNK matritsa hisoblanadi. Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima qilish. Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsil molekulasining birlamchi strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog‘lanadi. i-RNKning bu uchida AUG triplet joylashgan bo‘lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi «start kodon» deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari komplementar tarzda bog‘lanadi. t-RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar fermentlar yordamida ATF energiyasi hisobiga o‘zaro peptid bog‘lar orqali birikadi, ya’ni oqsil sintezlanadi (27-rasm) Demak, matritsali sintez reaksiyalari orqali genetik axborotning uzatilishi organizmlarning ko‘payishi, regeneratsiyasi, hujayralarning bo‘linishi kabi jarayonlar ta’minlanadi. Tayanch so‘zlar: matritsali sintez, reduplikatsiya, transkripsiya, translatsiya, genetik kod, start kodon, stop kodon. Savol va topshiriqlar: 1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering. 2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang. 3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Matritsali sintez nima? 5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi? 6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang Download 421.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling